Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"O‘zmilliybank" AJ matbuot xizmati Surxondaryo viloyatida press-tur tashkil etdi
19:19 / 2024-04-18

Taraqqiyot har doim tezkorlik va qulaylik bilan hamohang bo‘lib kelgan. Sababi zamonaviy jamiyatimizda vaqt sur’ati har narsadan qimmatroq. Demak, bu jarayon har bir sohada yangi taklif, ilg‘or tashabbus hamda innovatsion yangilikni talab etadi. Shu bois bugun servis tarmog‘i ham tez rivojlanmoqda va shunga mos ravishda ehtiyoj yuzaga kelmoqda. Asosiysi mazkur yo‘nalishning rivojlanishi natijasida yangi biznes g‘oyalar amalga oshirilib, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilmoqda.

Joriy yilning 18-19 aprel kunlari “O‘zmilliybank” AJ matbuot xizmati tomonidan OAV vakillari ishtirokida Surxondaryo viloyati bo‘ylab o‘tkazilayotgan Press-tur jarayonida ham hududdagi xizmatlar sohasidagi so‘nggi yangilik va loyihalar o‘rganilmoqda.

Xabaringiz bor, ayni paytda ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda xususiy sektor faoliyatini qo‘llab-quvvatlash muhim masala. O‘zmilliybank bu borada har doim tashabbuskor ishbilarmonlar bilan hamkorlikda ishlaydi. Xususan, “VOLSHEBNIY ZAMOK” NMTMga qarashli ta’lim muassasasi hududdagi eng yirik hamda ko‘zga ko‘ringan ta’lim muassasalaridan biri. Loyihaning umumiy qiymati 12,5 mlrd.so‘mni tashkil etadi. Shundan bank hisobidan 8,0 mlrd.so‘m kredit mablag‘i ajratilgan. Bugungi kunda ta’lim muassasasida 70 nafar fuqaro ish bilan ta’minlangan. Shuningdek, ushbu bog‘chada 360 nafar tarbiyalanuvchi bolalarga ta’lim-tarbiya beriladi. Muassasa zamonaviy interer asosida jihozlangan bo‘lib, zarur shart-sharoitlar hamda qulayliklarga ega. Bu yerda tarbiyalanuvchilar uchun rus va ingliz tili, sport to‘garaklari, mental arifmetika hamda raqs singari o‘quv mashg‘ulotlari olib boriladi. Bog‘chaga malakali va mahoratli pedagoglar jamoasi jalb etilgan. Asosiysi, ta’lim-tarbiya jarayoni noan’anaviy metodlar asosida, ammo zamon talablariga mos ravishda o‘rgatib boriladi.

[gallery-17001]

Ma’lumki, Surxondaryo viloyatining Termiz shahri so‘nggi yillarda investorlar uchun qator qulayliklari, qolaversa, noyob tabiati va o‘ziga xos iqlimi bilan xorijiy hamda mahalliy sayyohlarning qiziqishini uyg‘otmoqda. Bu esa o‘z-o‘zidan mazkur hududda restoran va umumiy ovqatlanish xizmatiga bo‘lgan talab va ehtiyojni oshiradi. Termiz shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan “AZIZ OSHIN” MCHJ ham aynan shu jihatlarni inobatga olgan holda hududda restoran xizmati hamda to‘y marosimlari o‘tkazish uchun to‘yxona xizmatini yo‘lga qo‘ydi. Ushbu maskan loyihasining umumiy qiymati 5,5 mlrd.so‘mni tashkil etadi. Shundan bank tomonidan ajratilgan kredit summasi 3,8 mln.so‘mdan iborat. Restoranda asosan, milliy taomlar tayyorlanadi va xorijlik sayyohlar ushbu taomlarning betakror mazasidan bahramand bo‘ladilar. Tadbirkor mazkur xizmat orqali hozirda 25 nafardan ortiq yoshlarni ish bilan ta’minlagan bo‘lib, kelgusi yilda “O‘zmilliybank” AJning moliyaviy ko‘magida faoliyati va xizmat tarmog‘ini kengaytirishni reja qilgan. 

Surxondaryo viloyatning Termiz shahri hududida, savdo-sotiq, sanoat, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishi rivojlanib bormoqda. Bu esa shaharning ishbilarmonlik muhiti yaxshilanib borayotganidan darak. Press-tur ishtirokchilari Termiz shahar Bo‘ston MFYda joylashgan “ALMAZ ORIGINAL” MCHJ faoliyati bilan tanishib, xizmat ko‘rsatish obyekti faoliyatini ko‘zdan kechirdilar. Loyihaning umumiy qiymati 2,8 mlrd.so‘mni tashkil etadi. Shundan Bank tomonidan ajratilgan 1,5 mlrd.so‘m miqdoridagi kredit mablag‘i ajratilgan. Bugungi kunda xizmat ko‘rsatish obyektida 10 nafar fuqaro ish bilan ta’minlangan. Mazkur tadbirkorlik subyekti “O‘zmilliybank” AJ bilan hamkorlik qilgan holda aholiga tikuvchilik, to‘y va bazm liboslari saloni, ayollar go‘zallik saloni, kashtachilik, qo‘lda gilam to‘qish yo‘nalishlarida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. 

Servis sohasining muhim tarmog‘i sanalgan tibbiyot yo‘nalishi Surxondaryo hududida ham tobora rivojlanmoqda. Bu esa aholi orasida kasalliklarni erta aniqlash va to‘g‘ri tashxis qo‘yishning samaradorligini oshirmoqda. Xususan, Surxondaryo shahrida ish boshlagan “BEGZOD GREAT HEALTH" mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli tibbiy davolanish va diagnostika markazi Bankning moliyaviy ko‘magi bilan yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, loyihaning umumiy qiymati 5,0 mlrd.so‘mni tashkil etadi. Shundan Bank tomonidan ajratilgan 3,5 mlrd.so‘m miqdoridagi kredit mablag‘i evaziga markaz zarur tibbiy jihozlar, zamonaviy uskunalar bilan ta’minlangan. Hozirda mazkur muassasada MSKT, EKG, EXO, UZI, murakkab tahlillar uchun sharoitlar hamda kunduzgi-kechki statsionar davolanish yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tomonidan otorinolaringologiya, oftalmologiya, ginekologik jarrohlik amaliyotlari bajarib kelinmoqda. Asosiysi, markazda tadbirkor tomonidan 25 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

Jurnalistlar Bank matbuot xizmati tomonidan tashkil etilgan Press-turning ilk kunida yuqoridagi obyektlar faoliyati hamda ularga O‘zmilliybank tomonidan berilgan moliyaviy ko‘mak borasida yetarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Press-turning ikkinchi kunida ishtirokchilar servis tarmog‘ining mehmonxona xizmati hamda bank xizmatlari markazlarining aholiga yaratayotgan qulayliklari bilan tanishadilar. 

“O‘zmilliybank” AJ

Matbuot xizmati