Avval xabar berganimizdek, “O‘zmilliybank”AJ Matbuot xizmati Namangan viloyati bo‘ylab OAV ishtirokida Press-tur tashkil etdi. Unda Bankning moliyaviy ko‘magi ishtirokida ishlab chiqarish, sanoat, biznes va xizmat ko‘rsatish tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan va yangi ish o‘rinlari yaratishda munosib hissa qo‘shayotgan ishbilarmonlik sub’ektlari faoliyati o‘rganildi.
Ta’kidlash joiz, bugungi kunda zargarlik sohasini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishda O‘zmilliybankning munosib hissasi bor. Shu bois navbatdagi manzil Namangan shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan "GAVHAR JEWEL"zavodi bo‘ldi.
Zavod 2021 yildan buyon zargarlik buyumlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelmoqda. Korxonaning o‘ziga qarashli ustaxonalari va do‘konlari mavjud bo‘lib, ular orqali mahsulotlar ichki bozorga yetkazib beriladi. Hozirda korxonada 80 nafardan ortiq ishchi xizmat ko‘rsatadi.
Korxona faoliyati davomida doimiy ravishda texnologik yangiliklarni joriy etib, dizayn va sifatga alohida e’tibor qaratadi. Kompaniya mahsulotlari xaridorlar orasida yuqori talabga ega bo‘lib, brend sifatida shakllanib bormoqda.
Korxonaning 16 mlrd so‘mlik loyihasining 15 mlrd so‘mini bank krediti tashkil etadi.
-Korxonamiz asosan Turkiya, Italiya va AQSH texnologiyalari asosida jihozlangan bo‘lib, dunyo brendlari bilan bellasha oladigan darajadagi zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish borasida tajribamizni oshirib bormoqdamiz,-deydi korxona rahbari Omilbek Tillaboyev. – Prezidentimizning sohani rivojlantirish maqsadida 2024 yilning 23 iyulida qabul qilgan Farmoni aynan biz uchun katta imkoniyat bo‘ldi. Bunda zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga birja savdolari va to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotib olingan qimmatbaho metallarni “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” AJga bormasdan bevosita “O‘zmilliybank” AJning omborxonalaridan olish imkoni paydo bo‘ldi.
Hozirda korxonada 70 ga yaqin zargarlar o‘z brendlarini tanitish maqsadida yangi-yangi imijlar ustida ishlamoqda.
Xizmat ko‘rsatish tarmog‘ining yetakchi yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan maktabgacha ta’lim bank moliyalashtirayotgan sohalarning eng muhimi sanaladi. Namangan viloyatining Uychi tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan “BABY BORK” nomli xususiy bog‘chasi fikrimizga quvvatdir.
Hozirda mazkur muassasada 150 ga yaqin bolajonlar ta’lim -tarbiya oladi. Ta’lim jarayoni o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi. Shuningdek tarbiyalanuvchilar uchun gimnastika, raqs hamda shaxmat-shashka mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yilgan.
-Har bir guruhimizda 30 ta bolani qamrab olgan holda ta’lim jarayonini olib boramiz, - deydi bog‘cha mudirasi Dilnoza Sodiqova. - 18 nafar pedagoglar ularga o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazadi. Muassasasizda ikki yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolajonlar tarbiyalanadi. 7 yoshli bolajonlar uchun maxsus maktabga tayyorlov guruhlarida dars jarayonlari olib boriladi. Bog‘chamizda zamonaviy talablarga mos barcha sharoitlar muhayyo. Shu bois nafaqat yaqin hududlardan, boshqa tumandan ham bolajonlarni qabul qilganmiz.
Tadbirkor ota-onalar va bolajonlar uchun yanada qulay bo‘lishini ko‘zlab, tarbiyalanuvchilarni uyidan olish va yetkazish maqsadida Bankning moliyaviy ko‘magida mini avtobus xarid qilindi. Shuningdek, binoni zarur va kerakli jihozlar bilan ta’minlandi.
Hozirda hududda bog‘chaga bo‘lgan talab hamda ehtiyojni hisobga olib faoliyatini yana kengaytirish istagida.
-Bunda yana bankning moliyaviy ko‘magiga suyanamiz. Bog‘cha qamrovini 150 nafardan 300 nafarga oshirib, ishchilar soni 50 taga yetkazish rejamiz bor,-deydi biz bilan suhbatda Dilnoza Sodiqova.
Bank bilan hamkorlikdagi “LSL School” ixtisoslashtirilgan xususiy maktabi ham Press-tur dasturining navbatdagi manzili bo‘ldi.
Bank bilan hamkorlikdagi “LSL School” ixtisoslashtirilgan xususiy maktabi ham Press-tur dasturining navbatdagi manzili bo‘ldi. Ushbu ta’lim muassasasida asosan, aniq fanlar va xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan.
-Dastavval o‘quv markazi sifatida faoliyatimizni boshlaganmiz-deydi maktab direktori Anvar O‘rinov.- O‘sha paytdan boshlab O‘zmilliybankning Namangan shahridagi BXM mijozi bo‘lganmiz. O‘tgan yili esa talab va takliflarni inobatga olgan holda o‘quv yilini yangi maktabda boshladik. Qamrov 400 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan. Bir yillik natijalarimiz juda yaxshi bo‘ldi. Bitiruvchi o‘quvchilarimizning aksariyati xorij tillarini o‘rganish bo‘yicha sertifikatlarni qo‘lga kiritib, muddatidan avval talaba bo‘lishdi.
Maktabni o‘rganar ekanmiz, binoning zamonaviy qiyofasi, sinf xonalarining shinam va har bir fan doirasida jihozlanganligi, o‘quvchilarning mashg‘ulotlarga ishtiyoqi, hamda o‘qituvchilarning ta’limga bo‘lgan talabini ko‘rib, bugungi yoshlarga havas qildik rosti.
Ta’lim muassasasining rahbari aytishicha, hozir yana bir hududda xuddi shunday zamonaviy arxitektura asosida 7 qavatli maktab binosi qurilish jarayonida. Uni yangi o‘quv yiliga ochilishi rejalashtirilgan. Jihozlash borasida tadbirkor, Bankning moliyaviy ko‘magidan foydalanish istagida ekanligini ma’lum qildi.
Ta’kidlash joiz, “O‘zmilliybank” AJ Namangan viloyati Bosh boshqarmasi tomonidan bugungi kunda 320 mingдан ortiq aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga sifatli va tezkor bank xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda. Jumladan, hozirda bankdagi yuridik mijozlarimiz soni 17 mingtani va jismoniy shaxs bo‘lgan mijozlarimiz soni 303 mingtani tashkil etadi.
Bankning Namangan viloyat Bosh boshqarmasi tarkibida 4 ta Bank xizmatlari ko‘rsatish markazlari (“Namangan amaliyot”, Uychi, Chortoq va Uchqo‘rg‘on BXMlari) va 4 ta Bank xizmatlari ofislari (To‘raqo‘rg‘on, Kosonsoy, Chust v Sardoba BXOlari) mavjud.
Shundan, 2025 yil fevral oyida Namangan shahrida “Sardoba” nomli yangi BXO tashkil etib, foydalanishga topshirildi.
Bank tomonidan oxirgi 12 oy davomida 9,3 ming nafardan ortiq mijozlarning ehtiyojlaridan kelib chiqib 719,1 mlrd. сўмлик kreditlar ajratilgan bo‘lib, 2025 yil 1 may holatiga kredit portfelidagi kreditlar salmog‘i 1,6 trln. сўмни tashkil etmoqda.
Shundan, 450 nafar tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan kreditlar 616 mln. сўмни hamda 16,4 mingnafardan ortiq fuqarolarga ajratilgan kreditlar qoldig‘i 1 trln. so‘mni tashkil etadi.
Viloyatda aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish, shuningdek tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida O‘zmilliybankka 5 ta tuman va shaharlardan jami 91 ta МФЙлар biriktirilgan.
Ushbu mahallalarda ishlar tashkil qilish uchun 91 ta mahalla agentlari va 28 mahalla bankirlari shtatlari yaratilgan.
2025 yil yanvar-aprel oylari mobaynida bank tomonidan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida jami bank tomonidan joriy yil yanvar-aprel oylarida jami 12 180 nafar aholi daromadli mehnat bilan band qilindi.
Jumladan:
- 3 140 nafar aholi doimiy ishga joylashtirildi;
- 9 040 nafar aholi tadbirkorlikka jalb qilindi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zmilliybank bugun iqtisodiyotimiz rivoji yo‘lida biznes hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida har doim ishbilarmonlar bilan hamkorlikka tayyor.
Zotan, el taraqqiyoti yo‘lida kamarbasta bo‘lish bankimiz qadriyatlarining eng muhim tamoyillaridan biridir.
Xulosa qilib aytganda, bugun Namanganda ishlab chiqarish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda qo‘llab-quvvatlashda “O‘zmilliybank”AJ faol ishtirok etmoqda. Bu esa o‘z navbatida, hududning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga va yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qilmoqda.
“O‘zmilliybank”AJ
Matbuot xizmati