French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zmilliybank” AJ ma’rifat forumida faol qatnashdi
16:38 / 2025-09-26

Barchamiz texnika asrida yashayapmiz. Zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intelekt kirib bormayotgan soha yoki tarmoq qolmayapti hisob. Hamma zamon bilan hamnafaslik tarafdori. E’tiborlisi, inson tafakkuri taraqqiyoti bilan yaratilayotgan kashfiyotlarning cheki-chegarasi behisob. Ayni shu jarayonda esa inson ongining  rivoji omili sifatida kitoblarning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Zero, kitob irodani toblaydi, boshqaruv mahoratini oshiradi. Bugungi tezkor va zamonaviy sharoitda intellektual salohiyati yuksak kadrlarni tayyorlashda qudratli vosita sanaladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 24-26 sentyabr kunlari “Bank va ma’rifat:bilimli jamiyat bilan qudratli iqtisodiyot sari” shiori ostida xalqaro forum o‘tkazildi. 

Forum O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Milliy kutubxona, O‘zbekiston noshirlari va kitob savdo uyushmalari assotsiatsiyasi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi hamda tijorat banklari hamkorligida tashkil etildi. Uch kun davom etadigan forumda respublika banklari, nashriyotlar, ijodkorlar, jamoatchilik faollari va kitobxonlar qatnashdi.

Forumdan ko‘zlangan maqsad aholining moliyaviy savodxonligini oshirish, kitobxonlikni kengaytirish, mahalla darajasida bilim manbalarini yaqinlashtirish va iqtisodiy qarorlar qabul qilinishida aholining qatnashuvini kuchaytirishdan iborat. Shu o‘rinda qisqa sharh berib o‘tsak. Masalan, o‘tgan yili mashhur “CEO World” jurnali hamda “World Population Review” sotsiologik markazi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijasiga ko‘ra, aholining kitobxonlik darajasi bo‘yicha AQSH birinchi o‘rinni egalladi. Qo‘shma shtatlarda o‘rta hisobda bir yilda bir kishi 17 ta kitob o‘qirkan. Shuningdek, ro‘yxatda Hindiston ikkinchi yiliga – 16 ta kitob, Buyuk Britaniya uchinchi yiliga – 15 ta kitob o‘qigani bilan o‘rin egallagan. Fransiya, Italiya, Kanada, Rossiya, Avstraliya, Ispaniya, Niderlandiya davlatlari mos ravishda kuchli o‘ntalikdan joy olgan. 

Forum jarayonida tashkilotchilar yoshlarimiz orasida ommaviy kitobxonlikni keng targ‘ib qilishda banklar va ularning moliyaviy ko‘magidan foydalanish borasida takliflarini bildirdi. Davlat, xususiy nashriyotlar tomonidan taqdimotlar o‘tkazilib, taraflar o‘rtasida qizg‘in muhokamalar olib borildi. 

Uch kun davom etgan tadbirning so‘nggi bosqichini mazkur forum tashkilotchisi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi Temur Ishmetov ochib berdi. U o‘z ma’ruzasida barcha tijorat banklarini ma’rifat forumida faol bo‘lib, o‘zaro manfaatli bitimlar hamda kelishuvlar tuzishga chorladi. 

“O‘zmilliybank” AJ ham 20 dan ortiq nashriyotlar bilan o‘zaro muhokamalar olib borib, ularning takliflarini o‘rgandi. Tadbirning yakunlovchi kunida “O‘zmilliybank” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari B.Jalilov “Akademnashr” nashriyoti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi. 

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, bugungi kunda respublika miqyosida 17 ta tijorat banklari tomonidan 116 ta mahalla kutubxonalari tashkil etilib, ularda 100 dan ortiq xotin-qizlarning ish bilan bandligi ta’minlangan. Bu raqamlarda, shubhasiz, Milliybankning ham munosib ulushi bor. 

 

Xulosa qilib aytganda, “O‘zmilliybank”AJ nafaqat mamlakatimizda, qolaversa, tashkilotimiz xodimlarining ham tafakkuri keng, salohiyati yuqori bo‘lishi yo‘lida tashabbusni ayamaydi va bu jarayonda faol ishtirok etadi. 

“O‘zmilliybank” AJ

Matbuot markazi