Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zmilliybank” AJ kredit reyting darajasi oshdi
10:40 / 2023-01-27

“Moody's Investors Service” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyati milliy banki” AJ kredit reytingini (keyingi o‘rinlarda - Milliy bank) “Barqaror” prognozi bilan “V1” dan “Va3” ga (O‘zbekiston Respublikasi suveren reytingi darajasiga) ko‘tardi.

 Milliy bank kredit reytingining oshishi O‘zbekistonning suveren reytingi ko‘tarilishi bilan ifodalanadi. Bunga iqtisodiyotning barcha sohalarida amalga oshirilgan kompleks islohotlar dasturi, jumladan, bank tizimi transformatsiyasi, mamlakatimizda investitsiyaviy muhitni yaxshilash va xorijiy investorlarni keng jalb qilish hisobiga erishildi. 

Bank kredit reytingining oshishi kompaniyalar samaradorligi va raqobatbardoshligini yanada yaxshilashga xizmat qiladi. Milliy bank reytingini oshirishga aktivlar sifatini yaxshilash, bankning barqaror daromadi, munosib darajadagi kapitallashuvi va kuchli mijozlar bazasi muhim omil bo‘ldi. 

“Moody's” agentligining tahliliy hisobotiga ko‘ra, Milliy bankning kredit qobiliyati prognoz qilinayotgan muddatlarda barqaror bo‘ladi. Milliy bank davlat banki hisoblanib, u sifatli bank xizmatlari va mahsulotlarini taqdim etish, raqamli xizmatlar sohalarini kengaytirish, investitsiyaviy va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish orqali mamlakatda kechayotgan keng ko‘lamli islohotlarda faol ishtirok etadi. Bularning barchasi “Moody's”ning joriy reytingida o‘z aksini topgan. 

“O‘zmilliybank” AJ 
Matbuot xizmati