Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zmilliybank” AJ: kadrlar siyosatida malaka, bilim va tajriba ustuvor
10:17 / 2023-11-18

Bugun zamonaviy kasblar orasida dasturchi, marketolog, texnolog va qator mutaxassislarni uchratish mumkin. Aynan shu kabi sohalarda kadrlarga bo‘lgan talab va ehtiyoj yuqori ekanligi ham kuzatiladi. Ammo har qanday sohada ham bilim, malaka, tajriba va mahorat eng zaruri bo‘lib kelgan. Xususan, bank-moliya yo‘nalishida ham. Aslida, bu tizimda ishlaydigan xodimlardan nafaqat kasbiy faoliyat bilan bog‘liq bilimlar, shuningdek, atrofdagilar bilan muloqotga kirishishda kerak bo‘ladigan insoniy fazilatlar ham talab etiladi. Qolaversa, bank xodimi tizimdagi yangilik va o‘zgarishlardan doimiy xabardor bo‘lib, o‘z ustida tinimsiz ishlashi lozim. Ana shunda mijozlarning ish yuzasidan muloqotga kirishayotgan mutaxassisga, shuningdek, u faoliyat yuritayotgan tashkilotiga bo‘lgan ishonchi va ijobiy tasavvuri ortib boradi.

Xususan, O‘zbekistonda ro‘y berayotgan keng ko‘lamli islohotlar, qolaversa,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Bank-moliya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi Qarori asosida bank va moliya sohasi xodimlariga raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish borasida yangi talablar qo‘yildi. Bu esa bank faoliyatida yangi tendensiya uchun sharoit yaratdi. Jumladan, “O‘zmilliybank” AJ tomonidan masofadan ishlash jarayonini takomillashtirish, xodimlar xarajatlarini optimallashtirish, korporativ boshqaruv, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy tamoyillarini joriy etish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish borasida samarali ishlar olib borildi. Belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun mavjud biznes-jarayonlar va bank bo‘linmalari tuzilmasini optimallashtirish bo‘yicha bir qator boshqaruv qarorlari qabul qilindi. Shuningdek, bank maqsadlarini amalga oshirishda eng samarali bo‘lgan xodimlarning malakasini aniqlash uchun kadrlar tarkibini (soni, tuzilishi, vakolatlari bo‘yicha) tahlil qilishga alohida e’tibor qaratildi.

  Ayni paytda “O‘zmilliybank” AJ tizimida 6000 nafardan ortiq  xodim faoliyat ko‘rsatadi. Bankning Xodimlar bilan ishlash departamenti mutaxassislari tomonidan yangi xodimlarni ishga qabul qilish va malakasini oshirish tartib-taomillari doimiy ravishda amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda kadrlar siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri  “Yosh mutaxassislarni tanlash va ishga joylash” dasturi asosida bir qator chora-tadbirlar amaliy jarayondadir.   Albatta, sohada istiqbolli tashabbuslarni ro‘yobga chiqarishda yosh kadrlarni jalb etish eng muhim vazifa. “O‘zmilliybank” AJ esa bu borada eng oqilona yechim-mamlakatimizning yetakchi Oliy o‘quv yurtlari bilan  hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Bank faoliyati bilan tanishish imkoniyati bitiruvchi talabalar va magistratura tinglovchilariga har yili bankning Bosh ofisida hamda Bank xizmatlari markazlarida o‘tkaziladigan amaliyot doirasida berilishi belgilandi. Ta’kidlash joiz, Oliy ta’lim muassasalari bilan o‘rnatilgan hamkorlik nafaqat mahalliy universitet va institutlar bilan, shuningdek, xorijning nufuzli oliygohlarining mamlakatimizdagi  filiallari bilan ham o‘rnatildi. Yeoju Technical Institute In Tashkent, Moskva davlat universitetining Toshkent filiali, Webster University hamda Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti filiallari shular jumlasidandir.

Bank-moliya sohasida Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olgan iqtidorli talabalar tanlov asosida saralanib, “Yosh mutaxassislarni tanlash va ishga joylash” dasturi asosida 3 oylik maxsus amaliyot sinovlaridan o‘tkaziladi. Sinov jarayonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan yoshlar “O‘zmilliybank” AJ ning hududlardagi BXMlariga ishga qabul qilinmoqda. 

    Ma’lumot uchun, joriy yil hisobidan Toshkent shahridan tashqari, respublikamizning barcha viloyatlari va Qoraqalpog‘iston respublikasi uchun O‘zmilliybank kadrlar zaxirasida aynan yuqoridagi dastur  bo‘yicha 65 ish o‘rni ochildi  va Oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli bitiruvchilari o‘qitildi. Ularga murabbiylar tayinlanib, har bir yo‘nalish bo‘yicha ish tajriba, bilim hamda ko‘nikmalar berib borildi. Natijada ushbu jarayondan muvaffaqiyatli o‘tgan 15 nafar yoshlar O‘zmilliybank jamoasi tarkibiga qabul qilindi. 

    Kadrlar malakasini oshirish haqida so‘z borganda “O‘zmilliybank” AJ faoliyatida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga sazovor. Xususan 2023 yil 10 oyi davomida bankning deyarli barcha xodimlari 200 dan ortiq ichki va tashqi o‘quv ta’limida qamrab olinib, bank O‘quv bazasida, mahalliy va xorijiy mamlakatlarda o‘z malakalarini oshirishga ulgurishdi. Ushbu ko‘rsatkichning 30 %ini rahbar xodimlar tashkil etgan bo‘lsa, qolgan 70% i mutaxassislar hisobiga to‘g‘ri keladi. Shundan:

    Bankning O‘quv bazasida ichki ta’lim yo‘nalishida  bank faoliyati bilan bog‘liq dolzarb 100 dan ziyod mavzularda o‘qitildi. Xususan:

– Har qanday korxonaning yuragi hisoblangan buxgalteriya va valyuta sohalari bo‘yicha “Buxgalteriya amaliyotlari”, “Mijoz menejerlari loyihasi”, “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar”, “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash”, “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yo‘riqnoma mohiyati”, “O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari”, “Mijozning moliyaviy holati tahlili” qisqa kursi, korxonaning moliyaviy hisobotlari tahlili va universal xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish kabi o‘quv seminarlari;

– Yuridik va jismoniy shaxslar, ularga kreditlar ajratish tartibi bilan shug‘ullanuvchi xodimlar uchun “Yuridik shaxslarni kreditlash”, “Jismoniy shaxslarga kredit ajratishning tashkiliy-huquqiy asoslari”, “Kreditlarni monitoring qilish va undirishning texnik tartibi”, “Yangi kredit mahsulotlari”, GRKI - kredit axborotining davlat reyestri yangi platformasi, ro‘yxatdan o‘tkazish va yuzaga keladigan tafovutlarni bartaraf etish”, “Qurilishga ajratiladigan kredit hujjatlarini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar”, “Muammoli kreditlar bilan ishlash tartibi”, “Bank balansiga qabul qilingan mol-mulkni sotish tartibi” va shu kabi qator dolzarb mavzulardagi o‘quv mashg‘ulotlari;

– Xodimlarning o‘z mehnat jamoalarida yanada samarali faoliyat ko‘rsatishi va mehnat qonunchiligidagi o‘zgarishlarni aniqroq bilishi maqsadida “Samarali tanlov. Shaxsiy baholash”, “O‘zbekiston Respublikasining yangi Mehnat kodeksi asosiy farqlari”, ijro intizomi ish yuritish qoidalari, arxivlash, ta’tillar to‘g‘risidagi umumiy qoidalar kabi turli xil treninglar;

– Shuningdek, chakana biznesni yanada rivojlantirish maqsadida “Chakana biznes yangi mahsulotlari hamda xizmat turlari, chakana biznes bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda istiqbolli loyihalar”, “Collyection dasturiy ta’minotidan foydalanish”, “Chakana blok yo‘nalishi bo‘yicha KPI tizimini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokamasi va prinsiplari”, “Chakana biznes yangi mahsulotlari hamda xizmat turlari to‘g‘risida ma’lumotlar”, “Mijozlarga xizmat ko‘rsatish servisi va sifat standartlari” mavzularidagi seminarlar;

– Bank faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish va terrorizmni oldini olish maqsadida “Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish va ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi”, “Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari”, “Korrupsiya tushunchasi, kelib chiqish sabablari va huquqiy tabiati” mavzularidagi o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

“O‘zmilliybank” AJ xodimlarini o‘qitish va qayta tayyorlash maqsadida tashqi ta’lim yo‘nalishida bir qator moliya institutlari: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Banklar assotsiatsiyasi, Bank moliya akademiyasi, TMI (Toshkent moliya instituti) huzuridagi Bank xodimlarini qayta tayyorlash tarmoqlararo instituti, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, xalqaro tashkilotlar: Rossiyaning Gazprombank, «Allyans-Faktors Servis» MCHJ va “Change Team”, “Unique Present”, EKOPSI tashkiloti, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, AQSH Moliya vazirligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida banklararo hamkorlik (birlashma) hamda Qozog‘istonning “Ambition International Business Qualifications” MCHJ kabi bir qator davlatlar tashkilotlari bilan hamkorlikda 90 dan ortiq o‘quv treninglari va malaka oshirish kurslari tashkillashtirib kelinmoqda. Jumladan, mahalliy moliya institutlari va o‘quv markazlarida xususan, “Alpha Solutions” NTM, “Training Guru” NTM, “Softline Education” NTM kompaniyasi, “Net Lab CISCO SCINET” tashkiloti, “Yurist va kadr” NTM kabilarda 80dan ortiq mavzularda 1200dan ziyod xodimlar o‘z malakalarini oshirishdi. Shuningdek, bankning xorijiy hamkorlari tomonidan xorijda va nufuzli moliya tashkilotlari ekspert-lektorlarini jalb etgan holda tashkil etilgan “Jarayonlarni boshqarish: asosiy tamoyillar va yondashuvlar”, “Banklarda sun’iy intellektdan foydalanish tajribasi”, “IFRS va uning qo‘llanilishi”, “ISO20022 ga o‘tish bo‘yicha CBPR+ tavsiyalari”, “Valyuta va qat’iy bozorlarda elektron savdolar, forvardlar, aksiya baholari, kross-valyuta svoplaridan foydalangan holda valyuta va kurs risklarini himoya qilish, fyuchers va yetkazib berilmaydigan forvardlar orqali mahalliy so‘m bozoriga kirish, doimiy daromadli savdo va moliyalashtirish”, “Green trade finance for the development of a sustainable economy”, CFA (Chartered Financial Analyst) kabi bank-moliya sohasiga aloqador mavzularda 10 ga yaqin o‘quv kurslarida 60 dan ziyod xodim o‘qitildi. 

Shu bilan birgalikda, yangi SSF LMS o‘quv dasturini o‘zlashtirish maqsadida masofaviy va joylarga borib o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Albatta, bilimli mutaxassis tajribasini ham oshirib boradi. Faqat olg‘a intilishga xohish bo‘lsa bas. O‘zmilliybank esa bu kabi iqtidorli yoshlarni o‘z safida ko‘rishdan  manfaatdor va ularni doimo qo‘llab-quvvatlaydi. 

 

“O‘zmilliybank” AJ

Matbuot xizmati