Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zmilliybank” AJ: barcha qulayliklar mijozlar uchun
17:14 / 2023-06-06

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki aksiyadorlik jamiyati Hazorasp filialining ma’muriy binosi ta’mirlanib foydalanishga topshirildi.

“O‘zmilliybank” Hazorasp filiali 1997 yilda tashkil topgan. Filial jami 42 mingga yaqin mijozlarga xizmat ko‘rsatadi. Shundan 40 mingdan ziyodi jismoniy shaxslar, 1300 ga yaqini yuridik shaxslarni tashkil qiladi. To‘lov plastik kartochkalaridan foydalanishda qulayliklar yaratish maqsadida to‘rtta bankomat doimiy xizmat ko‘rsatib, olti yuzdan ziyod savdo terminallari dislokatsiya qilingan. Bundan tashqari, aholiga valyuta amaliyotlarida qulayliklar yaratish maqsadida ikkita valyuta ayirboshlash shoxobchasi ham faoliyat yuritmoqda.  

Binoning ochilish marosimida ishtirok etganlar yangi binoda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Muloqotlar davomida bank ishi ko‘rsatkichlari hamkorlar va xalqaro moliya institutlari tomonidan ijobiy baholanayotgani ta’kidlandi. Bank Hazorasp tumanining markaziy ko‘chasida joylashgan. Bankdagi xizmatchilar har bir mijozga xushmuomalada bo‘lib, kerakli bank xizmatlari haqida ma’lumot beradi.  

–Bugungi kunda 35 nafar xodimlarimiz bilan mijozlar sonini oshirish va universal moliyaviy institut sifatida doimiy ravishda resurslar bazasini to‘plashga harakat qilyapmiz, – deydi “O‘zmilliybank” AJ Hazorasp filiali xodimi O‘tkirbek Nazarov. – Ayniqsa, tadbirkorlar ishonchini qozonib barqaror hamkor sifatida ish yuritishimiz lozim. Bank moliyaviy ko‘magida tumanimiz tadbirkorlari samarali faoliyat yuritmoqda. 

Oqilona kredit siyosati, sifatli xizmatlarni ustuvor vazifa deb tanlagan jamoa tadbirkorlik rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda. Ta’kidlash lozim, mazkur muassasada tashkil etilgan universal kassalar tomonidan to‘lovlarni amalga oshirish, kartalardan naqd pul yechib olish, pulni ayirboshlash mumkin. Yuqori infratuzilma, salohiyatli kadrlar, masofaviy xizmatlar, xorijiy tajriba. Bu zanjir asosida amalga oshirilayotgan ishlar mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatishga xizmat qilmoqda.  

Ahmadjon Shokirov, O‘zA