Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zmilliy bank ko‘magida Zarafshonda savdo markazi ish boshladi
14:08 / 2021-05-04

Mamlakatimizning chekka hududlarida zamonaviy savdo markazlarining barpo etilishi aholiga qulay va zamonaviy xizmat ko‘rsatish, turmush farovonligini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Navoiy viloyati Zarafshon shahrida ish boshlagan savdo markazi “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyati Zarafshon filialining 11 milliard so‘m miqdoridagi krediti evaziga barpo etildi.

– «Modern Trading Service» MCHJ ga qarashli majmuada qariyb 200 ta ish o‘rni yaratildi, – deydi menedjer Mo‘’tabar Bozorova. – Ularning 40 foizini yoshlar, 70 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. “Temir daftar” ga kiritilgan ikki nafar yurtdoshimiz ham ish bilan ta’minlandi. Bu yerda qandolatchilik sexi ham faoliyat yuritadi, sexda 20 nafar xotin-qizlarning bandligi ta’minlangan.

Savdo markazi supermarket, umumiy ovqatlanish joylariga ega fudkort, kiyim-kechak do‘konlari, ko‘ngilochar markaz, bolalar maydonchasi va kinoteatrni o‘z ichiga oladi. Majmuada xaridorlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan, ulardan biri yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish.

Do‘kon va supermarketlar tun-kun ishlaydi. Mahalliy kinoteatr afishalaridan milliy va xorijiy kinematografiyaning so‘nggi filmlari o‘rin olgan. Majmuaning kichik yoshdagi mehmonlariga ham alohida e’tibor qaratilgan. Ularni barcha xavfsizlik standartlariga mos ravishda qurilgan o‘yin maydonchalari kutmoqda. Bundan tashqari, bolajonlar professional pedagoglar, shifokor va psixologlar nazoratida bo‘ladi. Bunday formatdagi savdo markazi katta shahar uchun juda qulay. Zero, bu yerga tashrif buyurgan xaridorlar ortiqcha vaqtini ham, kuchini ham sarflamaydi. Ko‘chalarda tirbandliklar odatiy holga aylangan paytda, siz ortiqcha benzin sarflab shahar kezmasdan, bir joyda xaridlarni amalga oshirishingiz va dam olishingiz mumkin.

– Ushbu savdo majmuasi bizning sevimli maskanimizga aylandi, – deydi uy bekasi Go‘zal Eshdavlatova. – Biz har kuni bu yerga kelamiz. Bu yerda yaratilgan qulayliklar va narxlarning arzonligi menga yoqadi.

– Ushbu zamonaviy majmuada hamma narsa bor, – deydi xaridorlardan biri Gulbonu Ahrorova. – Bir joyning o‘zida xarid qilib, ovqatlanish imkoniyatining mavjudligi juda yaxshi. Bolalar ham bu yerda mazza qilishadi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki aksiyadorlik jamiyati tadbirkorlarning fuqarolarga ana shunday qulay va ko‘p funksiyali savdo markazlarini taqdim etishdek intilishlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

“O‘zmilliy banki”AJ matbuot xizmati,

reklama huquqi asosida