Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zmetkombinat” AJ: o‘tgan 10 oyda 89 million 986 ming dollarlik mahsulotlar eksport qilindi
13:57 / 2023-11-24

“O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan o‘tgan 10 oyda jami 89 million 986 ming dollarlik mahsulotlar eksport qilindi. Bunda yillik ko‘rsatkich 78 million 966 ming dollarni tashkil etib, reja 125 foizga bajarildi.

Bugun AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati rahbari Sarvinoz Sheraliyeva bu haqda ma’lumot berdi.  

Unda qayd etilishicha, 69 million 642 ming dollar miqdoridagi 95 ming 758 tonna qora metall prokati mahsulotlari Tojikiston, Qirg‘iziston va Yevropa davlatlariga eksport qilingan. Shuningdek, 19 milllion 3 ming dollarga teng 2 ming 185 tonna  mis va latun mahsulotlari Rossiya, Belarus,  Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Tojikiston va Turkiya davlatlariga jo‘natilgan.  1 million 341 ming dollarlik issiqlik o‘tkazmas mahsulotlar va xalq iste’mol mollari Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston Turkmaniston, Moldova, Ozarbayjon, Rossiya, Latviya, Bolgariya, Germaniya va Chexiya davlatlariga yo‘naltirilgan.  

–Shuni alohida aytish joizki, bugungi kunda kombinatimiz o‘zining eksport geografiyasini yanada kengaytirib bormoqda. Deylik, 2023 yil yanvar-oktyabr oylarida kombinat tomonidan yangi 6 ta bozor o‘zlashtirildi. Bular – qora metall prokati bo‘yicha Qirg‘iz Respublikasi, issiqlik o‘tkazmas mahsulotlar bo‘yicha Tojikiston Respublikasi, sirlangan po‘lat idishlar bo‘yicha Chexiya, Bolgariya, Rossiya va Germaniya davlatlaridir. Bu yil ushbu mamlakatlar bozorlariga mahsulotlarimiz kirib borganini quvonch bilan ta’kidlash joiz. Shu bilan birga, kombinat o‘z mahsulotlari bilan xalqaro ko‘rgazmalarda ham ishtirok etib kelmoqda. Xususan, Chexiya va Rossiya davlatlarida bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmalar doirasida turli kompaniyalar bilan o‘zaro hamkorlik shartnomalari tuzildi. Afg‘onistonda bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada esa metall prokati yetkazib berish bo‘yicha memorandum imzolandi. Ayni kunlarda kombinat vakillari Ozaybarjonda bo‘lib o‘tayotgan Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy imkoniyatlarini namoyish qilish bo‘yicha xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etmoqda, – dedi S.Sheraliyeva.  

N.Ziyodullayeva, O‘zA