Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zLiDeP yosh tadbirkorga madadkor
11:07 / 2025-04-18

O‘zLiDeP Navoiy viloyati hududiy partiya tashkiloti tashabbusi bilan “Yosh tadbirkorga O‘zLiDeP madadkor” loyihasi doirasida Navoiy shahrida faoliyat  ko‘rsatayotgan “Xovandamir Holding” MCHJga biznes tur tashkil etildi.

Unda tadbirkorlik sohasiga qiziqishi bo‘lgan yoshlar ishtirok etib, ularga tadbirkorlik sir-asrorlari, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. 

Tadbir davomida “Xovandamir Holding” MCHJ rahbari Husniddin G‘afforov korxona faoliyati, bu yerdagi jarayonlar, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida gapirib berdi. 

“Xovandamir Holding” MCHJda “Muhtasham” brendi ostida zamonaviy eshik va romlar ishlab chiqariladi. 

– 2016 yilda faoliyatimizni 3 kishi bilan boshlagandik, – deydi MCHJ direktori Husniddin G‘afforov. – Dastlab ijarada turib ishlagan bo‘lsak, bugun o‘zimizning zamonaviy jihozlangan binomiz bor. Ayni paytda 100 nafarga yaqin kishi ish bilan ta’minlangan. Fabrikamizda 50 turdagi har xil ko‘rinishdagi eshik va 80 turga yaqin turli mebellar ishlab chiqariladi. Xom ashyoni Turkiya, Rossiya davlatlaridan olib kelamiz. Mahsulotlarimiz ichki bozorda sotilmoqda. Shuningdek, qo‘shni davlatlarga eksport qilinmoqda. 

Tadbir yakunida partiyaning yangi a’zolariga guvohnomalar topshirildi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri