Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zLiDeP soliqlarni o‘z vaqtida to‘layotgan tadbirkorlarni tekshirmaslik tarafdori 
14:22 / 2024-09-25

Poytaxtimizdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zLiDeP partiyasi saylovoldi targ‘iboti tadbiri tashkil etildi. Unda partiya saylovoldi dasturidan o‘rin olgan ustuvor maqsad-vazifalar haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, O‘zLiDeP keyingi besh yillikda tadbirkorlar sonini 3 million nafardan oshirish, kambag‘allik ko‘lamini esa ikki karra kisqartirishni o‘zining ustuvor vazifasi deb belgilagan. Buning uchun partiya aholini tadbirkorlikka jalb qilishning mahallabay dasturlarini ishlab chiqishni rejalashtirgan. 

Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini ish bilan ta’minlab kelayotgan tadbirkorlarga mol-mulk va yer solig‘idan imtiyozlar berish, maktabgacha ta’limga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq qondirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagog xodimlari o‘rtacha ish haqini 2 barobar oshirish choralarini ko‘radi. 

Shuningdek, iqtisodiyotda davlat ishtirokini keskin qisqartirish, davlat mulkini xususiylashtirish orqali xususiy sektor ulushini oshirish, monopol sohalarni bozor tamoyillariga o‘tkazish kabi takliflar ham partiya saylovoldi dasturidan o‘rin olgan. Partiya davlat organlari mansabdor shaxslarining tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvini qat’iy taqiqlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga, tadbirkorlar faoliyatiga har qanday noqonuniy usulda aralashganlik uchun davlat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligini kuchaytirishga va’da bermoqda. 

Tashviqot tadbirida partiya tadbirkorlar uchun yana bir muhim tashabbusni ilgari surayotgani alohida qayd etildi. Gap shundaki, O‘zLiDeP qonuniy faoliyat yuritayotgan va soliqlarni o‘z vaqtida to‘layotgan tadbirkorlarni tekshirmaslik tarafdoridir. Mazkur tashabbus mamlakatimizdagi ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga xizmat qilishi e’tirof etildi. 

M.Komilova, O‘zA