Bugun O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashining saylovoldi shtab yig‘ilishi senatorlar, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar partiya guruhi a’zolari hamda OAV vakillari ishtirokida qizg‘in bahs va munozaralar shaklida ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda saylovoldi jarayonlarda faollikni qo‘ldan bermaslik va aholi orasida targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini to‘g‘ri tashkil qilish masalalari muhokama etildi.

Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi, O‘zbekiston Qahramoni Q. Sanaqulov so‘zga chiqib, saylovoldi jarayonlarni ikki katta bosqichga bo‘lib olib borish kerakligi, birinchi bosqichda targ‘ibot masalalariga jiddiy e’tibor qaratish, ikkinchi muhim bosqichda esa ko‘proq tashviqotga urg‘u berish maqsadga muvofiq bo‘lishini bildirdi.
Shu o‘rinda boshlang‘ich partiya tashkilotlari bilan uzviylikni yanada mustahkamlash, jarayonlarda viloyatning chekka hududlari aholisini ham qamrab olish, partiya tarafdorlari safini yanada kengaytirish xususida ham to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, tadbirda O‘zLiDePning navbatdagi s’ezdiga delegatlar saylash, boshlang‘ich partiya tashkilotlarining konferensiyalarini uyushqoqlik bilan tashkil qilish haqida ham so‘z bordi.
Tadbir so‘ngida shtab a’zolari tomonidan joylarda saylovchilar bilan yaqinlikni oshirish, ilk saylovga ishtirok etuvchi yoshlarning siyosiy jarayonlarga e’tiborini tortish, shu bilan birga mamlakat taqdirini hal qiluvchi davlat rahbarini to‘g‘ri tanlashda mas’uliyatli bo‘lishga undash maqsadida saylovoldi shoular o‘tkazish tartiblari belgilandi.
M.Pirnafasova,
O‘zLiDeP Navoiy viloyati Kengashi matbuot kotibi