Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zLiDeP Markaziy saylov komissiyasiga imzo varaqalarini taqdim etdi 
17:05 / 2024-08-16

Shu yil 27 oktyabrda bo‘lib o‘tadigan deputatlik sayloviga tayyorgarlik ko‘rish ishlari tobora qizg‘in pallaga kirib bormoqda.

Qonunchiligimizga ko‘ra, siyosiy partiyalar saylovda ishtirok etishi va deputatlikka nomzod ko‘rsatishi uchun saylov kampaniyasi boshlangani e’lon qilingan kundan kamida to‘rt oy oldin O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan va o‘zining saylovda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlovchi kamida qirq ming saylovchining imzosini to‘plashi zarur. 

Qonunchilikka ko‘ra, har bir ma’muriy-hududiy tuzilmadan, ya’ni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan to‘plangan saylovchilarning imzolari respublika bo‘yicha to‘planishi lozim bo‘lgan imzolarning ko‘pi bilan sakkiz foizini tashkil etishi lozim. 

[gallery-18759]

Joriy yil 31 iyul sanasida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Qonunchilik palatasi saylovida siyosiy partiyaning ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlovchi imzolarni to‘plash uchun har bir siyosiy partiyaga qirq to‘rt ming saylovchining imzosini to‘plash imkonini beradigan (imzo varaqalarini buzib qo‘yilishi, to‘liq to‘ldirilmasligini inobatga olgan holda hamda siyosiy partiyalarga qo‘shimcha imkoniyat yaratish maqsadida) imzo varaqalari blankalari berildi. Siyosiy partiyalar shu kundan boshlab o‘z partiyasining saylovda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlovchi saylovchilarning imzolarini to‘plashga kirishdi. 

Bugun, 16 avgust kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan saylovda ishtirok etishga ijozat berish bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasiga “Ye-saylov” axborot tizimi orqali murojaat yuborildi. Shundan so‘ng to‘plangan imzo varaqalari partiyaning vakolatli vakili boshchiligida Markaziy saylov komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun topshirildi. 

Siyosiy partiyalar taqdim etgan imzo varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilgani MSKning ekspert guruhlari tomonidan besh kunlik muddatda tekshirib chiqiladi. 

Muhtarama Komilova, Asliddin Alijonov (surat), O‘zA