Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zLiDeP keksalar salomatligi muhofazasiga oid qonun loyihasini ishlab chiqmoqchi
12:53 / 2025-12-02

Mamlakatimizda keksalarni e’zozlash, ularga munosib sharoit yaratish, ularning salomatligini muhofaza qilish, ijtimoiy himoyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlardan biridir.

O‘zLiDePning “Keksalarga madad” loyihasi doirasida “Keksalar salomatligini muhofaza qilish: muammolar va yechimlar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda deputatlar, vazirlik va idoralar vakillari, “Nuroniy” jamg‘armasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda partiya faollari ishtirok etdi. Tadbirda keksa avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.  

Uchrashuvda O‘zLiDePning Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, “Keksalar salomatligini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish konsepsiyasi atroflicha muhokama qilindi.  

Ushbu qonun loyihasini ishlab chiqishdan asosiy maqsad keksalarning huquqlari va ijtimoiy himoyasini mustahkamlash, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, soliq va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish mexanizmlarini soddalashtirish, shuningdek, mahalla – oila – jamiyat hamkorligini kuchaytirishdan iborat ekanligi qayd etildi.

Muhokamalarda profilaktik tibbiy ko‘riklarni muntazam yo‘lga qo‘yish, patronaj xizmati, reabilitatsiya markazlari faoliyatini rivojlantirish, “Keksa inson kartasi” orqali ijtimoiy imtiyozlarni kengaytirish, hududlarda “Keksalar markazlari” va “Ijtimoiy xonadonlar”ni tashkil etish kabi yo‘nalishlar taklif etildi.  

Qayd etilganidek, mazkur qonun loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish keksalarning turmush sifatini yanada yaxshilash, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, salomatligiga yanada e’tiborni oshirish hamda jamiyatda keksa avlodga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.  

Muhtarama Komilova, O‘zA