Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zLiDeP deputatlari yoshlar bilan uchrashdi
10:04 / 2025-10-31

O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi tashabbusi bilan Navoiy innovatsiyalar universitetida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida “Deputat va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Shu maqsadda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputatlar tomonidan joylarda yoshlar bilan ochiq muloqot va uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini joyida o‘rganish va yechim topishda amaliy yordam berish maqsadida o‘tkazilgan uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Aziza Aminova, O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi raisi G‘ofir Aliyev va boshqalar so‘zga chiqib, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, tadbirkorlikni rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni ijtimoiy hayotga faol jalb etish borasidagi chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berdi. 

Samimiy muloqot va o‘zaro ishonch muhitida o‘tgan tadbirda deputatlar yoshlarni faollikka, yangilik yaratishga, vatanparvarlik va tashabbuskorlik ruhida harakat qilishga chaqirdi.

Ta’kidlash o‘rinliki, bu kabi uchrashuvlar nafaqat yoshlarning siyosiy madaniyatini oshiradi, balki ularni mamlakat taraqqiyotida faol ishtirok etishga undaydi. O‘zLiDeP uchun esa bu yoshlar bilan bevosita aloqa o‘rnatish, ularning ishonchini qozonish va yangi g‘oyalarni amaliyotga joriy etish yo‘lida muhim qadamlardan biridir.

Ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbirda 17 nafar oliygoh talabasi partiya a’zolari safiga qabul qilindi. Shuningdek, 8 nafar faol, tashabbuskor talabalar “Yangi avlod kadrlari” zaxirasiga olindi. 

Tadbir so‘nggida O‘zLiDeP viloyat hududiy partiya tashkiloti va Navoiy innovatsiyalar universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

A.Bo‘riyev, O‘zA