Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zLiDeP deputati Shovot aholisi va tadbirkorlarning muammolarini hal qilishni talab qildi
20:40 / 2026-01-15

Mamlakatimizda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, hududlarda infratuzilmani rivojlantirish va fuqarolar murojaatlari bilan manzilli ishlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu borada Konstitutsiyamizda ham fuqarolarning munosib hayot kechirishi hamda xavfsiz, qulay mehnat sharoitlariga ega bo‘lishi davlatning asosiy maqsadlaridan biri sifatida belgilab qo‘yilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar Xorazm viloyati Shovot tumani Royat mahallasidagi ko‘cha hamda dehqon bozoridagi mavjud holat jamoatchilikning haqli e’tiroziga sabab bo‘layotganini ko‘rsatmoqda. Ma’lum qilinishicha, ko‘cha yomg‘irli kunlarda loyga, shamolli paytlarda esa changga botib, aholi, ayniqsa bolalar uchun jiddiy qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Shuningdek, qurilishi yakunlanmagan dehqon bozorida tadbirkorlar xavfsizlik va gigiyena talablariga javob bermaydigan sharoitlarda savdo qilishga majbur bo‘layotgani qayd etilmoqda.

Mazkur holatlarga oydinlik kiritish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Madina Baratova Xorazm viloyati hokimi J. Rahimovga deputatlik so‘rovi yubordi. So‘rovda Royat mahallasidagi ko‘chada aholi uchun munosib sharoitlar yaratilmagani, dehqon bozori faoliyati bilan bog‘liq muammolar uzoq vaqt davomida hal etilmayotgani tanqid qilingan.

Deputatlik so‘rovida viloyat va tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarida ushbu mahallada yo‘l qurish, rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari, shuningdek, bozor foydalanishga topshirilguniga qadar aholi va tadbirkorlar uchun muqobil joy tashkil etilmaganining sabablari yuzasidan aniq va asoslantirilgan tushuntirish berish so‘ralgan.

O‘zA