Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O'zLiDeP bog‘i” tashkil qilindi
16:27 / 2024-04-15

Bugungi kunda ekologik muammolar dunyo hamjamiyatining dolzarb mavzusiga aylanib ulgurgan. Bu esa, insoniyatni ona tabiatni asrashga, unga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga undamoqda.

Prezidentimiz tomonidan 2024-yil 29-mart kuni “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish va chiqindilarni boshqarishni takomillashtirish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ham ustuvor vazifalar belgilab berilib, bu yilgi “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 125 million tup ko‘chat ekish rejalashtirilgan.

Shu kunlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasining bahorgi mavsumi doirasida turli manzarali va mevali ko‘chatlarni ekish jarayonlarida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Navoiy vloyat hududiy partiya tashkilotining xodimlari, viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari ham faol ishtirok etishmoqda. 

– Ushbu loyiha doirasida partiyaning Navoiy viloyat kengashi tashabbusi bilan Navbahor tumani hududidan o‘tuvchi M-379 yo‘l bo‘yidagi 2 gektar maydonga “O'zLiDeP bog‘i” tashkil qilinyapti, – deydi partiya viloyat kengashi apparati rahbari Muhammad Eshniyozov. – Mazkur bog‘ga bugungi kungacha hammaslaklarimiz ishtirokida qariyb 1000 tupdan ziyod turli daraxt ko‘chati o‘tqazildi. Ushbu tashabbus bo‘sh maydonlardan unumli foydalanish, bog‘ va xiyobonlar tashkil etish maqsadida amalga oshirilayapti. Bu loyiha xalqimizning, xususan, yoshlarimizning atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil maydonlarni ko‘paytirish, ularni saqlash va ona zaminga bo‘lgan e’tiborini oshiradi. 

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri