Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zkimyosanoat” AJ: O‘zbekiston sportchilari uchun 2,4 milliard so‘m homiylik mablag‘i yo‘naltirildi
17:19 / 2022-12-15

“O‘zkimyosanoat” AJ matbuot xizmatining xabar qilishicha, mazkur homiylik mablag‘i 2024 yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik uchun yo‘naltirilgan.

Bundan ko‘zlangan maqsad 2024 yil Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini tayyorlash, zarur shart-sharoitlar yaratish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

bugungi kunda “O‘zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari tomonidan yuqorida ta’kidlangan 2,4 milliard so‘m homiylik mablag‘i belgilangan muddatlarda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi hisob raqamiga to‘liq o‘tkazib berildi.

Ajratilgan mazkur homiylik mablag‘i O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan tegishli talabnomalar asosida sportchilarimizning 2024 yil Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga munosib tayyorgarlik ko‘rishlari uchun yurtimiz va xorijda o‘quv mashg‘ulot yig‘inlarini samarali tashkil etish, zamonaviy sport inventarlari bilan ta’minlash va barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida sport federatsiyalariga yo‘naltirilmoqda.

Shu bilan birga, sport federatsiyalariga o‘tkazilgan mablag‘ haqida ma’lumotlar muntazam ravishda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy veb-saytidagi Ochiq ma’lumotlar ruknida e’lon qilib kelinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, jamiyat korxonalari tomonidan yo‘naltirilgan homiylik mablag‘i O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 noyabrdagi “2024-yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi va 2022 yil 14 fevraldagi “O‘zbekiston sportchilarini navbatdagi yozgi va qishki Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun tayyorgarlik qilish ishlarini jadallashtirish to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosi doirasida amalga oshirildi.

O‘zA