Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ozishga yordam beruvchi oddiy mahsulotning nomi maʼlum qilindi
12:18 / 2020-07-20

Ispaniyalik parhezshunos Aytor Sanches La Vanguardia nashriga ozish uchun oddiy tuxumning foydasi haqida soʻzlab berdi.


Ispaniyalik parhezshunos Aytor Sanches La Vanguardia nashriga ozish uchun oddiy tuxumning foydasi haqida soʻzlab berdi.

Garchi, ushbu mahsulotning yogʻni parchalaydigan jihati boʻlmasada, parhez taomlar qatoriga qoʻshilishiga uning ortiqcha vazn orttirish va semirtirish koʻrsatkichlarining juda pastligi sabab boʻlgan. Diyetologning taʼkidlashicha, tuxum kabi toʻyimli mahsulotlar bilan oqsil isteʼmolini oshirish uzoq muddat och yurmaslikka yordam beradi.

“Shu yoʻl bilan umumiy kaloriya isteʼmoli kamayadi”, - deydi mutaxassis.

Sanchesning maslahat berishicha, organizmning zarur miqdordagi toʻyimli moddalar bilan “kuchlanib” olishi uchun tuxumni ertalabki nonushtada tanovul qilish kerak.