Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oziq-ovqat sanoatida qanday muammolar mavjud?
19:25 / 2020-09-30

Bu kabi muammolarni bartaraf etish maqsadda hududlarda zamonaviy markazlashgan koʻp ixtisosli oziq-ovqat laboratoriyalarini tashkil etish, xususiy sektorda akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalar sonini koʻpaytirish choralari koʻrilmoqda.


Xabaringiz bor, qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasidan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini tayyorlash, infratuzilmani tashkil etish, xorijiy ekspertlarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 100 mln soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda qoplash belgilandi.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-yanvardagi “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yana-da taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni ham bu borada bir qator imtiyozlarga yoʻl ochgan edi. Xususan, isteʼmol tovarlarini respublika tovar-xom ashyo birjalarida sotish,sotib olish, ochiq elektron savdolarida sotish (sotib olish) uchun ulgurji savdoni amalga oshirishga litsenziya talab etilishi, bunda bazaviy hisoblash miqdorining 3500 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda shakllantirilgan ustav fondi mavjudligi haqidagi talablar bekor qilingan.

Ayni vaqtda oziq-ovqat yoʻnalishida qanday muammolar va kamchiliklar borligi haqidagi savolga Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Nigora Xodjayeva qoʻyidagilarni maʼlum qildi:

– Tahlillarga koʻra, yurtimizda oziq-ovqat sanoati sohasidagi mavjud imkoniyatlardan toʻliq foydalanilmayapti. Bu esa oʻz navbatida yechimini kutib turgan bir qator muammolar mavjudligini koʻrsatmoqda. Jumladan, xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan zamonaviy koʻp tarmoqli oziq-ovqat mahsulotlari sinov laboratoriyalarining yetishmasligi mahsulotlarni eksportiga salbiy taʼsir etmoqda.

Xom-ashyoni past darajada chuqur qayta ishlash, sohada zamonaviy marketing, logistika va hamkorlikning yetishmasligi esa ishlab chiqarilgan mahsulotning raqobatbardoshligini pasayishiga va korxonalarni moliyaviy zarar koʻrishiga sabab boʻlmoqda.

Bu kabi muammolarni bartaraf etish maqsadda hududlarda zamonaviy markazlashgan koʻp ixtisosli oziq-ovqat laboratoriyalarini tashkil etish, xususiy sektorda akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalar sonini koʻpaytirish choralari koʻrilmoqda. Ularda yurtimizga olib kirilayotgan va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini xavfsizlik koʻrsatkichlarini har tomonlama sinovdan oʻtkazish va soxtalashtirishga qarshi kurashish doimiy eʼtiborda.

Bundan tashqari, maʼnan eskirgan qayta ishlash korxonalarini modernizatsiya qilish, import oʻrnini bosuvchi oziq-ovqat sanoati korxonalarni tashkil etish borasida ham qator ishlar olib borilmoqda. 

Shuningdek, zamonaviy savdo va logistika markazlarini tashkil etish, mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarining milliy brendini jahon bozorlarida ilgari surish hamda eksport salohiyatini kengaytirish borasidagi ishlar ham yaqin kunlarda samarasini bersa ajab emas. Ayniqsa, oziq-ovqat sifatini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha milliy standartlarni xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtirish borasidagi ishlar jadal olib borilmoqda.