Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oziq-ovqat sanoati muammolari muhokama qilindi 
17:38 / 2025-01-09

Biznes-ombudsman devonida oziq-ovqat sanoati vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda sohada ishlab chiqarish hajmini oshirish, yuqori sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishdagi muammolar va ularning yechimi yuzasidan fikr almashildi. 

Uchrashuvda oziq-ovqat sanoatida import-eksport, sertifikatsiya, xomashyo, kontrafakt tovarlar, sotuv borasida mavjud muammolar muhokama qilindi. 

Kelgusida sohani rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli strategiya ishlab chiqish taklifi bildirildi. 

Oziq-ovqat sanoati inson salomatligi, milliy xavfsizlik va iqtisodiy barqarorlik bilan bog‘liq strategik yo‘nalishdagi tadbirkorlik hisoblanishi tufayli tizimli ishlarni olib borishni talab qiladi. 

G.Boboyeva, O‘zA