O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining “Oziq-ovqat mahsulotlarini ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma tegishli bandiga muvofiq fuqarolar tomonidan olib kelingan oziq-ovqat mahsulotlarining laboratoriya tahlillari o‘tkazilishga yo‘l qo‘yilmaydi!
Bunday vaziyatda oziq-ovqat mahsuloti qayerdan, kimdan sotib olingani, ayniqsa uning saqlash va tashish qoidalariga rioya qilinganini aniqlab bo‘lmaydi.
Masalan, oziq-ovqat mahsulotlari noto‘g‘ri sharoitda saqlanganda mahsulot sifat ko‘rsatkichi o‘zgarishi va mikroorganizmlarning ko‘payishi kuzatiladi. Shu bois, fuqarolar tomonidan murojaat qilinganda Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari tomonidan mahsulot xarid qilingan joyiga chiqib, ushbu mahsulotni tayyorlovchi yoki uni realizatsiya qiluvchi shaxs ishtirokida aynan o‘sha oziq-ovqat mahsulotidan SanQvaM talablariga asosan steril idishlarga maxsus laboratoriya anjomlarini qo‘llagan holda namunalar tanlab olinadi.
Shundan so‘ng laboratoriya akkreditatsiyasi doirasida SanQvaM talablari bo‘yicha tahlillardan o‘tkaziladi.
O‘zA