French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oziq-ovqat mahsulotlariga “texnik” palma yog‘i qo‘shilayotgani rostmi? Aslida shunday yog‘ mavjudmi?
14:56 / 2019-10-15

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, keyingi yillarda O‘zbekistonga kirib kelayotgan palma yog‘i miqdori tobora ortib bormoqda.


Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, keyingi yillarda O‘zbekistonga kirib kelayotgan palma yog‘i miqdori tobora ortib bormoqda. 

So‘nggi uch yil ichida mamlakatimizga 50 ming tonnadan ortiq palma yog‘i import qilingan. Deputatlar mahalliy ishlab chiqaruvchilar iste’mol uchun yaroqsiz bo‘lgan “texnik” palma yog‘ini oziq-ovqat ishlab chiqarishida qo‘llayotganliklarini bot-bot takrorlashmoqda.

Ammo, ishlab chiqaruvchilar “texnik” palma yog‘i oziq-ovqat ishlab chiqarishda butunlay yaroqsiz ekanligini aytishmoqda. Ularning fikricha, ishlab chiqarishda palma yog‘ining o‘rnini bosuvchi muqobil yog‘ni topish amrimahol hamda dunyoga mashhur ishlab chiqaruvchilar, xususan “Nestle” kompaniyasi mahsulotlarida ham palma yog‘lari mavjud. Shunday ekan, tadqiqotchilar, deputatlar va “O‘zstandart” agentligiga nima sababdan palma yog‘ini taqiqlash lozimligini uqtirmoqda?

Mazkur savolga bugun, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Aholi salomatligini muhofaza qilishda import mahsulotlar sifatiga e’tibor qaratish: mahalliy mahsulotlarning hamyonbopligi va aholi talablariga mosligini iste’molchilarga tushuntirish” mavzusida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida javob olishga urindik.

“O‘zstandart” agentligi vakilining ma’lumot berishicha, palma yog‘i butun dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladigan yog‘lar sirasiga kiradi. Biroq, bizga kirib kelayotgan palma yog‘larining barchasining sifat darajasi talabga javob bermaydi. 

“Palma yog‘i bir necha bor ishlovdan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim. Ishlov ko‘p berilmagan palma yog‘lari oziq-ovqat mahsulotlarida emas, balki sovun kabi boshqa maishiy mollarni ishlab chiqarishda ishlatiladi. Ba’zi tadbirkorlar aynan shunday sifatsiz palma yog‘larini oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga qo‘shishlarining oldini olmoqchimiz. 

Kam ishlov berilgan palma yog‘larining narxi nisbatan arzondir. Xorijdan keltirilgan ishlanmagan palma yog‘larini ishlab takomillashtirish bizda yo‘lga qo‘yilmagan. 

So‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonga Qozog‘iston va Malayziyada ishlab chiqarilgan palma yog‘lari import qilinmoqda. Mazkur import palma yog‘larining tarkibi bizda o‘rganilmoqda. 

Ularning sifat darajasi va inson organizmiga ta’siri bo‘yicha hozirda Yevropadagi biologiya institutlari mutaxassislar bilan hamkorlikda tekshiruv olib bormoqdamiz.

Hozirgi vaqtda O‘zbekistonga kirib kelayotgan palma yog‘larida oziq-ovqatlar uchun mos va mumkin bo‘lmagan yog‘lar ham mavjud. Yaroqsiz palma yog‘i tarkibida transyog‘lar va nikel miqdori ko‘pligi aniqlangan. 

Xorijda asosan arzon bo‘lmagan palma yog‘lari oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Bizga esa asosan nisbatan arzon palma yog‘lari kirib kelmoqda”, deydi “O‘zstandart” agentligi vakili. 

Biroq ma’lumotlarga ko‘ra, palma yog‘i narxi dunyo birja ko‘rsatkichida belgilanadi va uni arzon va qimmat ko‘rsatkichlari bo‘yicha ko‘rinishlari mavjud emas.