Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasida muammo bo‘lmaydi
11:44 / 2022-12-25

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning topshirig‘iga ko‘ra, qish-bahor mavsumida aholi uchun yetarli oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini yaratish asosiy vazifa etib belgilandi. bugungi kunda omborxona va sovutish sig‘imlarida saqlanayotgan mahsulotlar zaxirasi hisob-kitob qilinganda, mavjud ehtiyojga javob bermasligi aniqlangani sababli, mas’ullar zimmasiga bu borada qator vazifalar yuklandi. Unga ko‘ra, barcha tuman-shaharlarda 2022-2023 yillarning qish-bahor mavsumida aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, zaxira yaratishda oziq-ovqat xavfsizligi jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, viloyat aholisini jami 31 ming tonna asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash maqsad qilingan. Viloyat hokimligi tashabbusi bilan markazlashgan holda yaratilgan zaxira miqdori va ajratilgan jamg‘arma mablag‘larini maqsadli ishlatilishi yuzasidan tuzilgan ishchi guruhi joylarda o‘rganish olib bormoqda. Hududlardan biriktirilgan mas’ullar omborlardagi mahsulotlar zaxirasini nazorat qilib, hududlarga yetib borishini ta’minlamoqda. Shuningdek, bozor va savdo yarmarkalarida jamoatchilik nazoratini tashkil etgan holda, narxlar sun’iy oshib ketishining oldini olish, mahsulotlarni uzluksiz yetkazib berish bo‘yicha aniq hisob-kitoblar asosida ish tashkil qilinmoqda.

Tahlillarga ko‘ra, bu yil hududda 19,9 ming tonna kartoshka, 50,5 ming tonna piyoz, 11,6 ming tonna sabzi, 11,3 ming tonna karam, 1,3 ming tonna dukkakli, 852 tonna moyli, 2,4 ming tonna poliz mahsulotlari yetishtirilgan.  

A.Musayev,O‘zA.