“Maqsad” loyihasining navbatdagi soni
Sir emaski, yurtimizda eksport-import operatsiyalarini tartibga solish, ehtiyoj katta bo‘lgan oziq-ovqat tovarlarini import qilishdagi to‘siqlar, nosog‘lom raqobat, ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan import mahsulotlarining monopollashtirilishi, narx-navoning sun’iy oshirilishi, taqchillikning yuzaga kelishi kabi bir qator muammolar hamon bizni qiynayapti...
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar – loyihalar mazkur muammolarga yechim izlashni, xavfni bartaraf etishni maqsad qilgan.
O‘zA Barqaror rivojlanish markazi bilan hamkorlikda tayyorlagan “Maqsad” loyihasining navbatdagi soni qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish bo‘yicha BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti – FAOning O‘zbekistonda amalga oshirgan loyiha-dasturlari muhokamasiga bag‘ishlandi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/GV7JS_aSKLo" title="Oziq-ovqat. Jahon tajribasi va xalqaro loyihalar haqida gaplashamiz..." frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Shuningdek, dunyoda hamda yurtimizda oziq-ovqat xavfsizligi tizimiga asoslangan omillar, O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi nazorati, tizimdagi mavjud xavflar va yo‘nalish rivoji bilan bog‘liq masalalar o‘rtaga tashlandi.
Barqaror rivojlanish maqsadlarining ikkinchi yo‘nalishi oziq-ovqat xavfsizligi ekanini inobatga olib, bu gal studiyamizga FAO agrar va oziq-ovqat tizimlari bo‘yicha ekspert, iqtisod fanlari doktori Orifjon Namozov hamda Barqaror rivojlanish markazining Barqaror rivojlanish jarayonlarini o‘rganish bo‘limi boshlig‘i Nodir Safarovni taklif qilganmiz.
Suhbatni O‘zA YouTube tarmog‘ida maroq bilan tomosha qilishingiz mumkin. Fikrlaringiz ham muhim...
Behruz Xudoyberdiyev, Asliddin Alijonov (video), O‘zA