English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zini tutish odob-axloq normalarini buzgan davlat xizmatchilari javobgarlikka tortilishi mumkin
11:40 / 2021-12-10

regulation.gov.uz partaliga O‘zbekiston Respublikasi davlat xizmatchilarining odob-axloq kodeksini tasdiqlash to‘g‘risidagi kodeks jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Davlat xizmatchisining odob-axloq masalalari bo‘yicha vakolatli organlar sifatida davlat tashkilotlaridagi odob-axloq komissiyalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi berilgan.

Shuningdek, Davlat xizmatchisi faoliyatida bir qator cheklovlar belgilanmoqda. Jumladan, mansab vakolatlarini siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari va ularning organlari manfaatlari yo‘lida amalga oshirish, (davlat hokimiyati vakillik organiga saylangan siyosiy davlat xizmatchilari bundan mustasno).

Ilmiy, sport, pedagogik hamda innovatsion g‘oya va takliflarni tatbiq etish bilan bog‘liq faoliyatdan tashqari tadbirkorlik va haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanish, o‘z xizmat mavqeyini suiiste’mol qilgan holda fuqarolar, jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlariga zarar yetkazish orqali shaxsiy foydani olish man etiladi. O‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan biror-bir moddiy boyliklarni olish yoxud jismoniy yoki yuridik shaxslardan boshqacha naf ko‘rish, shuningdek, davlat xizmatchisining shaxsi bilan bog‘liq sovg‘alarni qabul qilish, ish jarayonidagi mehmondo‘stlik belgilarini qabul qilish uchun talablar hamda davlat xizmatchisining ish vaqtidan tashqari o‘zini tutish odob-axloq normalari belgilanmoqda. davlat xizmatchilari

Davlat xizmatchisining tashqi ko‘rinishiga oid talablarga asosan umumiy qabul qilingan ish uslubiga muvofiq bo‘lishi va rasmiylik, neytrallik, kamtarlik va intizomni namoyon etishi lozimligi ko‘rsatib o‘tilmoqda.

Odob-axloq qoidalari buzilish holatlarini qayd etish va ularni ko‘rib chiqish hamda odob-axloq qoidalarga rioya qilish va ularni buzganlik uchun javobgarlik tortish tartibi belgilanmoqda.

Muhokama 24 dekabrga qadar davom etadi.

Shahnoza Mamaturopova, 
O‘zA