O‘zini Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi sobiq xodimi deb tanishtirgan firibgarlik qo‘lga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning ma’lum qilishicha, Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.N. boshqa bir fuqaroga o‘zini Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi sobiq xodimi sifatida tanishtirib, uni Koreya Respublikasiga 5 oy muddatga ishga yuborishi evaziga 6 000 AQSH dollari talab qilib, shundan 1 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro Sh.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.