Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zingiz xon, ko‘lankangiz maydon emas
09:15 / 2022-09-08

Jizzax viloyati Yangiobod tumanidagi mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining mas’ul shaxslari ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan ishni qildi.

Ular bankdan olgan kredit evaziga garovga qo‘yilgan “Kolon-Zolon” (nomi o‘zgartirildi) MCHJga tegishli bo‘lgan binoni buzib tashladi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda MCHJ mas’ul shaxslari, hududiy tijorat banki filialidan qurilish mollari ishlab chiqaradigan uskuna va bank balansida bo‘lgan MTT binosini sotib olish uchun jami 4 milliard so‘m kredit ajratilishiga erishib, garov ta’minoti uchun qo‘yilgan – 3 milliard 100 million so‘mlik MCHJga tegishli binolarni buzib tashlab, bank manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgani aniqlangan.

Mamlakatimizda tadbirkorlar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanib, ularga katta imkoniyatlar berilmoqda. Davlatimiz rahbari yaqinda tadbirkorlar bilan uchrashganidan so‘ng, ushbu tizim vakillarga beriladigan e’tibor va imkoniyatlar chegarasi yanada kengaydi. Ammo bu imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalana olmayotgan yurtdoshlarimiz ham bor.

Hozirda Yangioboddagi mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 173-moddasi (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

A.Qayumov, O‘zA