Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zingga ehtiyot bo‘l, qo‘shnini o‘g‘ri tutma
18:12 / 2023-06-16

O‘zgalar hisobidagi mablag‘ni noqonuniy o‘zlashtirishda ayblangan, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida yashovchi Barakasiz Marakasizqulovga (maqoladagi personajlarning ismi-sharifi o‘zgartirildi) nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jizzax viloyati IIBga Zafarobod tumanida yashovchi 27 yoshli Kamtarqul Beg‘amov ariza bilan murojaat qilgan. Arizada bayon qilinishicha unga tegishli bank kartasidan 3 million so‘m pulni noma’lum shaxs yechib olganligi va unga tegishli mablag‘ni qaytarib berishda amaliy yordam so‘ragan.  

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni 27 yoshli Barakasiz Marakasizqulov sodir etganligi aniqlandi. U Kamtarqul Beg‘amovga tegishli bo‘lgan mobil qurilmani sotib olib, ushbu uyali telefonga “Click Evolution“ ilovasini o‘rnatganida fuqaro Kamtarqul Beg‘amovga tegishli bank plastik kartasi ulangan holatda qolib ketganligidan foydalanib, hisobidagi pullarni o‘zlashtirib olganligi ma’lum bo‘ldi.  

Hozirda mazkur holat yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qism “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  

A.Qayumov, O‘zA