Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘ziga xos talqindagi spektakl
17:16 / 2026-01-07

Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri tomoshabinlarga Uzayr Hojibekov asari asosida sahnalashtirilgan “Arshinmol olan” spektaklini taqdim etdi.

Ushbu ijodiy jamoa dunyoga mashhur asarni o‘ziga xos tarzda talqin etib, bugungi kundagi voqelik bilan uyg‘unlashtira olgani e’tiborga molik.

Mehr-muhabbat, sadoqat, pokiza insoniy tuyg‘ular tarannumi hamma davrda birdek e’zozlanishi ushbu spektakl davomida ustuvor ahamiyat kasb etishini teatr muxlislari yana bir karra his qildi.

Ushbu spektaklning sahnalashtiruvchi rejissyori – A.Farmonov. Sahnalashtiruvchi dirijyor – A.To‘rayev. Jo‘shqin musiqa va raqslarga boy spektaklda Ma’suda Otajonova, Gulasal Rahmonova, Umid Otajonov va boshqa aktyorlar ishtirok etgan.

N.Usmonova, O‘zA