FOTOREPORTAJ
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, taniqli publitsist Nusrat Rahmat qalami o‘tkir, so‘zi salmoqli ijodkor sifatlari bilan birga o‘ziga xos qoshiqlar kolleksiyasi bilan ham e’tibor qozongan.
Nusrat Rahmatning qoshiqlar kolleksiyasi ham asarlari kabi muxlislarini topib ulgurgan. Ularni bir bor ko‘rgan kishi yana tomosha qilgisi keladi.
Nusrat akaning aytishicha, bu kolleksiyaga o‘tgan asrning 70-yillarida Gruziyaga qilingan safar chog‘ida asos solingan. Tbilisi shahrida eski buyumlar do‘koni sotuvchisining da’vati sabab sotib olingan yog‘och qoshiqlar mana shunday turli xalqlarga tegishli qoshiqlar ko‘rgazmasini vujudga keltirdi. Bu qoshiqlarning har biri qaysidir xalqning, elatning tarixi, madaniyati, an’analarini ifodalaydi. Yaxshilab razm solinsa, qoshiqlar faqat oshxona buyumi emas, o‘ziga xos san’at asari ekani ayon bo‘ladi.
[gallery-25442]
Alisher ISROILOV (surat), O‘zA