Ozginayu sozgina
Samarqand viloyatining Nurobod tumani paxtakorlari respublikada birinchi bo‘lib yillik shartnomani bajardi
Viloyatning 255 ming tonnalik paxta xirmonida nurobodlik fermerlarning hissasi katta emas - 1350 tonna. Buning uchun tumandagi 4 ta muqobil mashina traktor parki hududidagi 36 fermer xo‘jaligi tomonidan 632 gektar maydonda g‘o‘zaning serhosil navi ekilib, parvarishlandi. “Samarkand kamalak invest” MCHJ va “Kattaqurgan claster” MCHJ klaster korxonalari bu borada fermerlarga yaqindan ko‘maklashdi.
Paxta hosilini sifatli va qisqa fursatlarda yig‘ishtirib olish maqsadida tumanda 12 ta paxta terim otryadlari tashkil etilib, 1500 ga yaqin vaqtincha ishsiz fuqarolar paxta yig‘im-terimiga jalb etildi.
G‘.Hasanov, O‘zA