Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zganing haqidan qo‘rqmaganlar
21:06 / 2023-11-28

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentning Qarshi, Xatirchi, Gurlan, Xonqa va Ellikqal’a tuman bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “Ko‘mir ta’minot” MCHJning ushbu tumanlar ko‘mir ombori mas’ul shaxslari kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda yetkazib berish uchun ajratilgan jami 903,4 tonna ko‘mir sotilganligi to‘g‘risida soxta hujjatlar rasmiylashtirib, amalda esa ko‘mir boshqa shaxsga sotib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167- va 228-moddasi  bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

A.Shokirov, O‘zA muxbiri