O‘zgalar dardiga darmon bo‘lib... (+video)
Jamiyatda shunday insonlar borki, ular o‘zgalar dardini o‘z dardidek his qiladi, yordam so‘raganlarga beminnat qo‘l cho‘zadi, hayot sinovlariga bardosh berish uchun boshqalarga kuch bag‘ishlaydi. Ular – ijtimoiy xodimlardir.
Sirdaryo viloyati Boyovut tumani Alisher Navoiy nomidagi mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy xodim bo‘lib faoliyat ko‘rsatayotgan Shohista Jo‘raqulova o‘z ishining professionali. U mahalladagi ehtiyojmand oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bor shaxslar bilan yaqindan ishlaydi. Ularga nafaqat moddiy yordam ko‘rsatish, balki ruhiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashda ham tashabbus ko‘rsatadi. Har biriga sabr va mehr bilan yondashib, hayotga umid baxsh etadi. Shohistaning fidoyiligi va o‘z vazifasini sidqidildan bajarishini mahalla ahli birdek mamnuniyat bilan e’tirof etadi.
[gallery-22445]
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/GpjP_LI_uRc" title="Oʻzgalar dardiga darmon boʻlib..." frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Shahriyor ORTIQBOEV (surat, video), O‘zA