Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zga yurtning “qattiq nonin” tishlaganlar…
15:59 / 2024-10-12

Oxirgi yetti yilda mamlakatimizda “migrant” yoki “mehnat muhojiri” so‘zlari bilan ifodalanadigan tushunchalarga munosabat tubdan o‘zgardi. Nafaqat jamoatchilik, balki hukumatimiz va eng avvalo shaxsan davlatimiz rahbari tomonidan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda, “Musofir yurtda turli qiyinchilik, mashaqqatlarga chidab, halol mexnat qilib, non topish oson ish emas.  Xorijda bunday sharoitlarda yashab kelayotgan odamlarimizni haqiqiy qahramon, desak, to‘g‘ri bo‘ladi”.

Darhaqiqat, so‘nggi yillarda mamlakatimizda tashqi mehnat migratsiyasi jarayonini tartibga solish, vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga jo‘nab ketayotgan fuqarolar manfaatini himoya qilish, ularga zarur huquqiy, ijtimoiy, axboriy maslahat yordami ko‘rsatish, chet eldagi hamyurtlarimizni moddiy qo‘llab-quvvatlash yo‘lida keskin ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda.

Mehnat migrantlari va ularning oila a’zolari uy-joy, maishiy va moliyaviy sharoitini yaxshilash, hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida ishonchli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmi ishlab chiqilgan.

Eng muhimi, vatandoshlarimiz xorijda yashashi va mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun munosib sharoit yaratish maqsadida vakolatli idoralar xorijiy davlatlar mahalliy hokimiyat idoralari rahbarlari o‘rtasida samarali hamkorlik o‘rnatilmoqda.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/afQqFVBQTDI?si=xuQYYTmEICpTqh0E" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Musulmon Ziyo,

Abror Sodiqov (video),

O‘zA