French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zenergoinspeksiya” xodimlari elektrotexnika sanoati yutuqlari bilan tanishdi
11:46 / 2025-02-04

Yaqinda “O‘zenergoinspeksiya” xodimlari Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida bo‘lib, bu yerdagi “Tukket” podstansiyasining faoliyati bilan tanishgan edi. Bu safar esa ular “Toshelektroapparat” mas’uliyati cheklangan jamiyati xorijiy korxonasining ish jarayonlarini o‘rgandi.

“O‘zenergoinspeksiya” boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Shodibek Umrzoqov bu haqda quyidagilarni ma’lum qildi:  

– Bugungi kunda inspeksiya tomonidan nafaqat tabiiy gaz va elektr energiyasini nazardan o‘tkazish, balki mamlakatimizdagi korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishishga e’tibor berilmoqda. Bu esa bevosita ulardagi ish jarayonining tashkil etilishi, shu bilan birga, elektr qurilmalaridan foydalanish tartiblarini ham o‘rganishga qaratilgan.  

Bu safar biz Toshkent shahridagi “Toshelektroapparat” mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘lib, mazkur korxona ishini o‘rgandik. Tashkilot mas’ullari tomonidan ishtirokchilar uchun seminar tashkil etildi. Unda korxonaga qarashli “O‘zelektroapparat-Electroshield” AJ va “MDM” DUKning ishlab chiqarish jarayonlari bilan atroflicha tanishtirildi.  

Tadbirda mazkur korxonalardagi elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlari, shuningdek, metallni qayta ishlash, elektrokoplama va past hamda yuqori voltli elektr jihozlarini ishlab chiqarish texnologiyalariga jiddiy e’tibor berildi.  

Ta’kidlash kerakki, bugungi kunda elektrotexnika sanoatida yangi va zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish muhim ahamiyatga ega. Shunday texnologiyalar orqali mahsulotlar sifati oshadi, ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligi yuqori bo‘ladi.  

Umuman olganda, O‘zbekiston elektronika sanoati o‘sish va rivojlanish jarayonida muhim qadamlarni bosib o‘tmoqda. Mamlakatda turli elektron mahsulotlar ishlab chiqarish va innovatsion texnologiyalar bilan bog‘liq ishlanmalarga alohida e’tibor qaratilyapti. Sohaga qaratilgan davlat dasturlari va qo‘llab-quvvatlash choralari ham ishlab chiqarish salohiyatini kuchaytirishga yordam beryapti. Yurtimizning elektronika tarmog‘idagi rivoji, nafaqat ichki bozorni ta’minlash, balki eksport imkoniyatlarini kengaytirishga ham xizmat qilmoqda.  

N.Ziyodullayeva,  

O‘zA