Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"O‘zenergoinspeksiya" "Body Camera"lardan foydalanish tizimini yo‘lga qo‘ydi
11:07 / 2025-12-16

Yoqilg‘i-energetika sohasida shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaning oldini olish va nazorat tadbirlarining xolisligini kuchaytirish maqsadida "O‘zenergoinspeksiya" yangi raqamli texnologiyalarni joriy etdi. Xususan, inspektorlar faoliyatini kuzatish va nazorat jarayonlarini ochiq qilish uchun “Body Camera”lardan foydalanish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Aytish kerakki, ushbu kameralar tufayli inspektorlarning iste’molchilar bilan muloqoti hamda joylarda olib borilayotgan tekshiruv va o‘rganish ishlari uzluksiz ravishda yozib olinadi. Kameralarni o‘chirish, quvvati tugadi degan bahona bilan foydalanmaslik imkoni yo‘q. Har bir kamera markaziy tizimga ulangan bo‘lib, uning qayerda turgani va quvvati haqidagi ma’lumotlar onlayn tarzda nazorat qilinadi. Bu holat nazorat jarayonida insoniy omil ta’sirini kamaytirib, fuqarolar ishonchini oshiradi.

– Tizim avval Sirdaryo viloyatida ikki oy muddatda tajriba tariqasida sinovdan o‘tkazilgan va ish samaradorligini sezilarli darajada oshirgani bilan o‘zini oqlagan. Shundan kelib chiqib, “Body Camera” tizimi "O‘zenergoinspeksiya"ning barcha hududiy bo‘linmalarida joriy etildi va barcha inspektorlar ushbu zamonaviy kuzatuv vositalari bilan ta’minlandi.

Mazkur qadam sohada ochiqlik va shaffoflikni mustahkamlash, fuqarolar huquqlarini himoya qilish hamda samarali davlat nazoratini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi, – deya ta’kidladi inspeksiya axborot xizmati rahbari Navro‘z Norboboyev.

N.Ziyodullayeva, O‘zA