Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"O‘zenergoinspeksiya": Avgust oyida tizimga 46 milliard 229 million so‘mlik zarar yetkazildi
12:48 / 2023-09-05

Joriy yilning avgust oyida 785 ta holatda iste’molchilar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.

Bu haqda "O‘zenergoinspeksiya" matbuot xizmati ma’lum qildi.    

O‘rganishlarda aniqlanishicha, 29 million 104 ming metr kub tabiiy gaz va 38,9 million kilovatt soat elektr energiyasi talon-toroj qilinishi natijasida tizimga 46 milliard 229 million so‘m zarar keltirilgan.  

Noqonuniy foydalanishning eng ko‘p holatlari Andijon, Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri keladi.  

Ushbu hajmdagi tabiiy gaz 145 mingta xonadonning bir oylik va elektr energiyasi esa 194 mingta xonadonning bir oylik  iste’moliga teng.  

Ayni chog‘da qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.    

 

N.Ziyodullayeva,  

O‘zA