Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"O‘zenergoinspeksiya": 96 milliard 86 million so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilingan
14:59 / 2025-08-05

"O‘zenergoinspeksiya" axborot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yil iyul oyi davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq 279 ta holat aniqlangan.

Tekshiruvlar jarayonida 27,1 million kVt⋅soat elektr energiyasi (54,9 milliard so‘m) va 12,6 million kub metr tabiiy gaz (41,1 milliard so‘m) talon-toroj qilingani ma’lum bo‘lib, bu orqali davlat tizimiga 96 milliard 86 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgani hisoblab chiqilgan.

Bundan tashqari, energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish holatlari yuzasidan 485 ta ma’muriy huquqbuzarlik ishi rasmiylashtirilib, qoidabuzarlarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rildi. Tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

N.Ziyodullayeva tayyorladi,

O‘zA