English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zenergoinjiniring” AJ va “Energy China International” sho‘’ba korxonasi o‘rtasida kelishuv
15:47 / 2024-01-31

Yaqinda “O‘zenergoinjiniring” AJ va Xitoyning “Energy China International” sho‘’ba korxonasi o‘rtasida qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Unga ko‘ra, mazkur qo‘shma korxona qayta tiklanuvchi energiya manbalarini integratsiya qilishni inobatga olgan holda mamlakat elektr energetikasini rivojlantirish bo‘yicha qisqa va uzoq muddatli rejalarni ishlab chiqish, O‘zbekiston elektr energetikasini rivojlantirishning samarali va asoslangan rejalarini yaratish, kadrlar tayyorlash kabi qator vazifalarni amalga oshiradi.  

Tomonlar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, dastlabki investitsiya qiymati 30 million AQSH dollarni tashkil etadi. Qo‘shma korxona tipidagi ushbu ta’lim muassasasi elektr energetikasining murakkab vazifalarini yecha olish va O‘zbekiston elektr energetikasiga yangi texnologiyalarni joriy qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan xalqaro darajadagi mutaxassislarni tayyorlaydi.  

“O‘zenergoinjiniring” AJning ma’lum qilishicha, ayni chog‘da  tomonlar muassasaga xalqaro miqyosdagi professor-o‘qituvchilarni jalb qilish, ta’lim muassasasini zamonaviy, zarur texnikalar bilan jihozlash, shuningdek, xalqaro akkreditatsiya olish ishlarini rejalashtirmoqda.  

Ma’lumot o‘rnida, "O‘zenergoinjiniring" AJ elektr energetikasi sohasida muhandislik tadqiqotlari, loyihalashtirish va maslahatlashuvlarga ixtisoslashgan O‘zbekistondagi eng yirik loyiha instituti hisoblanadi. Xitoyning “Energy China International” esa jahondagi eng yirik energetika kompaniyalardan biri bo‘lgan “China Energy Engineering Group Corporation Limited” kompaniyasining sho‘’ba korxonasidir.  

Qo‘shma korxona ikki mamlakat yetakchi institutlari tajribasi va vakolatlarini birlashtiradi va mamlakatimiz elektr energetikasi tizimiga qayta tiklanuvchi energiya manbalari yirik quvvatlari joriy qilinishiga ko‘maklashadi.  

Muhimi, “O‘zenergoinjiniring” AJ va “Energy China International” sho‘’ba korxonasi o‘rtasidagi kelishuv O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishda yana bir muhim qadamdir.  

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA