Yurtimiz qadim-qadimdan tarixiy Buyuk ipak yo‘lida joylashgan mamlakatlar bilan savdo-sotiq aloqalarini amalga oshirib kelgan. Bu jarayonda kommunikatsiyalar almashinuvi ham ro‘y bergan. Demakki, yirik tamaddun o‘chog‘i bo‘lgan.
Yurtimiz qadim-qadimdan tarixiy Buyuk ipak yo‘lida joylashgan mamlakatlar bilan savdo-sotiq aloqalarini amalga oshirib kelgan. Bu jarayonda kommunikatsiyalar almashinuvi ham ro‘y bergan. Demakki, yirik tamaddun o‘chog‘i bo‘lgan.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bugun ana shu qutlug‘ hodisani davom ettirishga bel bog‘lagan. Jumladan, til, tarix, ma’rifat, madaniyat, turizm va tilmochlik sohalarini keng ko‘lamda rivojlantirish maqsadida “Buyuk ipak yo‘li universitetlari tarmog‘i” loyihasida faol ishtirok etmoqda.
Loyiha doirasida O‘zDJTUda “Buyuk ipak yo‘lining xaritasi” mavzuida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Janubiy Koreyaning Hankuk xorijiy tillar universiteti professori Sung-Don Hvang xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro bag‘rikenglik tamoyili asosida keng ko‘lamli aloqalarni yanada mustahkamlashimiz zarurligini ta’kidlab, bu borada ilm-fan yo‘nalishidagi hamkorlikni izchil davom ettirish zarurligini e’tirof etdi.
Shuningdek, tadbirda Yaponiya, Turkiya va Erondan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar ham O‘zbekistonda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar haqida ijobiy fikr bildirdi.
Tadbir doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qator xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalarini imzoladi.
Nuriyaxonim Ulug‘bek qizi,
O‘zDJTU talabasi