Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zDJTSUda kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi
18:40 / 2022-07-30

2022/2023-o‘quv yilida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi va sirtqi ta’lim shakliga 8065 nafar abituriyent hujjat topshirgan.

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetda Sport faoliyatining 39 ta sport ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.

Xabaringiz bor, joriy yildan ilk marotaba O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kasbiy (ijodiy) imtihonlarda inson omilining ta’sirini keskin kamaytirish, imtihonlarning shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida raqamlashtirish tizimi joriy etildi.

kuyangi tizim bilan tanishish, qolaversa universitetda ayni paytda kechayotgan qabul jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida bo‘ldi.

Vazir har bir sport ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Komissiya raisi va a’zolari bilan muloqot qilib, bugun zimmamizda turgan muhim vazifalardan biri - kirish imtihonlarining shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlash ekanini yana bir bor ta’kidlab, zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berdi. Shu bilan birga imtihon topshirayotgan sportchi yoshlarga Vatanimizda hech bir iqtidor egasi e’tibordan chetda qolmasligini, ko‘zlangan marralarni zabt etish uchun astoydil mehnat qilish, izlanish va sabr kerakligini aytib, sinovlarda muvaffaqiyat tiladi.

Imtihonlarni shaffof va adolatli o‘tkazish maqsadida imtihon oluvchi mutaxassislar sport tashkilotlari, sport federatsiyalaridan jalb etilganligini alohida qayd etish lozim. Shaffoflik va ochiqlikni ta’minlovchi yana bir muhim qadamlardan biri, Kasbiy ijodiy imtihonlar bo‘lib o‘tadigan yo‘nalishlarni onlayn ko‘rish imkoniyati yaratildi.

Imtihon jarayonini abituriyentlarning ota-onalari universitet hovlisiga o‘rnatilgan monitorlar orqali kuzatib borishmoqda.

Ijodiy imtihonlar tasdiqlangan jadval asosida 2022 yil 30 iyuldan 8 avgustga qadar bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun: 30 iyulda bo‘lib o‘tadigan kasbiy (ijodiy) imtihonlarga jami 1243 nafar abituriyent ishtirok etishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan, 1026 nafari imtihonlarda ishtirok etdi. Turli sabablarga ko‘ra 132 nafar abituriyent kasbiy (ijodiy) imtihonlarga yetib kelmagan.

O‘zA