French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zDJTSU rahbariyati chempionning onasi va yaqinlarini tabriklashdi
16:33 / 2021-08-04

Habaringiz bor 3 avgust kuni hamyurtimiz Akbar Jo‘rayev Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekistonga ikkinchi oltin medalni keltirdi.

Akbar Jo‘rayev O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 2-bosqich talabasi hisoblanadi.

Akbar Jo‘rayev 109 kg vazn toifasida dast ko‘tarish (193 kg) va siltab ko‘tarish (237 kg) mashqlarida jami 430 kg.ni o‘ziga bo‘ysundirgan holda rekord o‘rnatib, Olimpiada chempioniga aylandi.

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori, professor Mahmudjon Boltabayev, universitet prorektori Kamil Bayazitov, universitet huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti direktori Rashid Matkarimov va boshqalar chempion talabani tabriklash uchun uning uyiga borib, onasi va yaqinlarini tabriklashdi.

Shuningdek, Akbar Jo‘rayev o‘qigan umumta’lim maktabda bo‘lib, chempionning maktab o‘quvchisi bo‘lgan davrlari eslandi hamda ustozlariga minnatdorchilik izhor qilindi.  

O‘zDJTSU matbuot xizmati