Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zboshimchalik bilan qurilish qilgan jazolanadi
16:52 / 2024-10-10

Yer – davlat mulki. Uning har qarichidan asrab-avaylab foydalanish barchaning burchi. Yer to‘g‘risidagi qonunbuzilish holatlarining oldini olish yuzasidan keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilayotganiga qaramasdan, yerlarni noqonuniy egallash va noqonuniy ravishda inshootlar qurish bilan bog‘liq jarayonlar hamon davom etayotgani esa achinarli holdir.

Olib borilayotgan targ‘ibot ishlarimizga qaramasdan, joriy yilning ortda qolgan 9 oyi davomida Kadastr agentligi Jizzax viloyati tuman, shahar bo‘limlari inspektorlari tomonidan yer nazorati tizimida o‘tkazilgan tadbirlar natijasida viloyatimiz bo‘yicha 3622 ta holatda 922,88 gektar yer maydoni yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi.

Jumladan, 536 ta holatda yer fondining qishloq xo‘jaligi toifasidagi 633,23 gektar, 2248 ta holatda aholi punktidagi 91,59 gektar, 96 ta holatda sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan 2,22 gektar, 91 ta holatda O‘rmon fondining 21,88 gektar, 465 ta holatda suv fondining 159,41 gektar va 183 ta holatda zaxiradagi 14,34 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan noqonuniy tarzda egallab olingan.

Bunday qaltis ishga qo‘l urayotganlarga sud organlari orqali qonuniy choralar ko‘rilib, qurilgan noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish bo‘yicha sudlarning tegishli qarorlari asosida majburiy ijro organlari tomonidan ijrosi ta’minlanib kelmoqda.  

Joriy yilning ortda qolgan 9 oyi mobaynida 4505 nafar huquqbuzarga nisbatan jami 29 milliard 877 million so‘m ma’muriy jarimalar qo‘llanildi. Qo‘llanilgan jarimalarning 1233 tasidan 2 milliard 624 million so‘m qismi kadastr organlari tomonidan (amaldagi tartib bo‘yicha 15 kunlik muddatda to‘lovni amalga oshirgan huquqbuzarlarga 1 milliard 488 million so‘m 50 va 30 foizlik imtiyozlar qo‘llanilgan tarzda) undirilishi ta’minlandi. 342 ta to‘lanmay turgan 9 milliard 739 million so‘mlik jarima undiruvga qaratildi.

Xususan, Arnasoy tumani “Oltin vodiy” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqaro F.S tomonidan yer uchastkalarining davlat zaxirasida bo‘lgan suv fondi yerlari hisobidagi 16 kvadrat metr yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallanib, qurilish ishlari amalga oshirilganligi aniqlandi.  

Kadastr agentligi Arnasoy tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan yer nazorati tadbirlari davomida mazkur noqonuniy holat fosh etilishi natijasida aniqlangan holat yuzasidan fuqaro F.S.ga nisbatan tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan MJtKning 60-moddasi 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ogohlantirish xati berildi.

Xuddi shunga o‘xshash holat Baxmal tumani “Do‘stlik” MFY fuqarosi U.Ye. tomonidan sodir etilib, u o‘ziga tegishli bo‘lmagan yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan va u yerda noqonuniy ravishda qurilish qurib olinganligi o‘tkazilgan yer nazorati tadbirlari davomida oydinlashdi. Ushbu holat yuzasidan fuqaro U. E.ga nisbatan MJtKning 60-moddasi 3-qismi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma tuzilib, ogohlantirish xati berildi.

Muxtasar qilib aytganda, mamlakatimizda davlat yerlarini va umuman o‘ziga tegishli bo‘lmagan yer maydonlarini hech kimga, u mansabdor shaxs bo‘ladimi, oddiy fuqaromi talon-toroj qilishga  aslo yo‘l qo‘yilmaydi. Bu masala bilan bog‘liq munosabatlar tenglik va ochiqlik asosida, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga binoan auksion orqali yoki qonuniy yo‘l bilan amalga oshiriladi.

Nodir Sidiqov,

Kadastr agentligi Jizzax viloyati

boshqarmasi boshlig‘i.

O‘zA