Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlar: Sirdaryoda holat qanday?
13:12 / 2021-12-15

Kadastr agentligining Sirdaryo viloyat boshqarmasi va uning tuman shahar bo‘limlari joriy yil iyun oyidan 1 dekabrgacha viloyatda o‘zboshimchalik bilan egallangan 33,71 gektar maydondagi 1390 ta holatni aniqlagan.

Bunday yerlar tahlil qilinganda uy-joy qurish uchun 293 ta, noturar joy qurish uchun esa 1004 ta, dala tomorqa va boshqa maqsadlar uchun esa 93 ta yer maydoni mavjudligi oydinlashdi.

Viloyatda 1 dekabrgacha 360 ta 11,10 gektar yer maydonidagi o‘zboshimcha qurilishlar bartaraf qilindi.

Shuningdek, iyun oyidan, 1 dekabrgacha MJtKning 68-moddasi 1-qismiga binoan, 65 ta, MJtKning 68¹-moddasi asosan esa 311 ta holat aniqlanib, MJtKning 68¹-moddasi ko‘ra, jami 386 ta jismoniy shaxslar 125 million 110 ming so‘m jarimaga tortildi.

MJtKning 68¹-moddasiga ko‘ra, 16 nafar yuridik shaxslar 4  million  320 ming so‘m ma’muriy javobgarlikka tortilgan, hamda 57 million 78 ming so‘m jarimalar undirilgan.

Ma’lumot uchun, hozirda Sirdaryo viloyatining barcha tuman shaharlarida jami 1291 ta bo‘sh yer uchastkalari hech qanday investitsiya shartlarisiz "E -auksion"  savdo maydonchasiga qo‘yilgan.



Maftuna KARIMOVA, O‘zA