French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlar qaytarildi
09:57 / 2022-10-12

Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi va uning tuman, shahar bo‘limlari tomonidan yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallashni aniqlash, yerdan maqsadli foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Viloyatda yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi yerlaridan oqilona hamda samarali foydalanishni targ‘ib etishga qaratilgan keng ko‘lamli targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Shunga qaramasdan fuqarolar tomonidan yerdan noqonuniy foydalanish holatlari kuzatilmoqda.

– Joriy yilning o‘tgan davrida 745 ta holatda 128,9 gektar yer maydonlari jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallangani aniqlandi, – deydi Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Yashin Habibov. – 457 ta holatda 8,37 gektar yer maydoniga noqonuniy qurilish ishlari olib borilgan. Aholi punkti yerlaridan aniqlangan jami 455 ta qonun buzilish holatlari o‘rganilganda 190 tasi (59,78 gektar) 2022 yilda egallanib, qurilish ishlari bajarganliklari hamda 289 tasi (22,65 gektar) bir necha yillardan buyon egallanib, fuqarolardan kelib tushgan murojaat va nizolar mavjudligi sababli vakolat doirasida ko‘rib chiqilib, sudlarga da’vo kiritish uchun o‘rganilgan holatlardir.

Aniqlangan qonun buzilishlarning 159 ta holatda o‘zboshimchalik bilan egallangan 83,6 gektar yer maydoni dastlabki holatiga qaytarildi. O‘zboshimchalik bilan egallangan 29,59 gektar yer maydonidagi noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish bo‘yicha sudlarga 458 ta da’vo arizalari kiritilgan. Shundan 189 ta holatda 10,51 gektar yer uchastkalarini qaytarish bo‘yicha kiritilgan da’vo arizalar sudlar tomonidan qanoatlantirilgan.  

Bundan tashqari, boshqarma tizimida faoliyat yuritayotgan inspektorlar tomonidan o‘tgan davr oralig‘ida yer va kadastr sohasidagi huquqbuzarliklar uchun 2114 ta holatda fuqarolarga nisbatan 6 milliard 151 million so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llangan. O‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, ma’muriy jarimalarning aksar qismi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik holati bo‘yicha. Olib borilayotgan targ‘ibot ishlariga qaramasdan fuqarolar tomonidan yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish va yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari uchramoqda.  

Kadastr organlari tomonidan profilaktik tadbirlar va aholi orasida tushuntirish ishlari doimiy olib boriladi. Buxoro viloyatida ham yerdan foydalanish bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda.

Zarif Komilov, 
O‘zA