Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga nisbatan egalik va ijara huquqlari berilishi kutilmoqda (+video)
16:29 / 2024-02-27

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda respublikamizda 4 millionga yaqin uy-joylarning kadastr hujjati yo‘q. Ularning aksariyati qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan yer maydonlari balansida turipti. Tegishli hokimlik qarori bilan uy-joy uchun yer berilgan, ammo kadastr hujjati qilinmagan.

Endilikda o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish bo‘yicha davlat aksiyasi kutilmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilgan “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ayni masalalar yechimiga qaratilgani bilan ahamiyatli. 

Qonun loyihasida ko‘zda tutilayotgan masalalar bo‘yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatatasi deputati Nuriddin Sultonov batafsil gapirib berdi. Deputat qaysi holatlarda o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga egalik huquqlari e’tirof etilishi yoki yerlar qaytarib olinishi, qanday holatda hujjati yo‘q uy-joylar buzilishi mumkinligi, shuningdek, qaysi muddatgacha berilgan yerlar nazarda tutilayotgani haqida qonun loyihasida belgilanayotgan normalarga to‘xtaldi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/biGqmY8EYIM" title="Hujjatsiz yer uchastkalariga nisbatan egalik va ijara huquqlari berilishi kutilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Muhtarama Komilova, O‘zA