Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer davlat zaxirasiga qaytarildi
16:40 / 2025-04-14

Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida yashovchi Solih Shoydulov (ism-sharif o‘zgartirildi) mahalla hududidan o‘tuvchi ichki yo‘lning muhofaza zonasidagi davlat zaxirasida bo‘lgan yer maydonning 0,012 gektarini huquqiy hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan egallab oladi.

G‘ayriqonuniy egallangan yerda 12 kvadrat-metrdan iborat binoga mustahkamgina poydevor tashlaydi.

Tumandagi Kakan mahallasi hududida yuz bergan bu holatni Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tuman bo‘limi nazoratchilari payqab qolib, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 60-moddasi 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirdi. Jarima chorasini qo‘llab, amaldagi qonunchilikka zid bu ishni bartaraf etish yuzasidan yozma ko‘rsatma berdi. 

Yerning davlat mulki va har qarichining hisob-kitobi borligini chuqur anglagan S.Shoydulov o‘zboshimchalik bilan qurib olgan poydevorni o‘z hisobidan qayta buzishiga to‘g‘ri keldi. Yer maydoni davlat zaxirasiga qaytarildi

Nilufar Bozorova, O‘zA muxbiri