Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zboshimchalik bilan barpo etilgan noqonuniy qurilmalar bartaraf etiladi
14:27 / 2022-01-22

So‘nggi paytlarda ko‘p kvartirali uylardan foydalanishning texnik xavfsizlik qoidalarini buzish holatlari ko‘paygan.

Ko‘chmas mulk egalari tomonidan uy-joy fondi va unga tutash hududlarda o‘zboshimchalik bilan qurilmalar barpo etilgan. Ushbu holatlar yuzasidan ko‘chmas mulk egalariga noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish yuzasidan tegishli davlat organi tomonidan majburiy ko‘rsatmalar berilgan.

Biroq, o‘zboshimchalik bilan barpo etilgan noqonuniy qurilmalarni majburiy tartibda bartaraf etishga oid sudlarga arizalar taqdim etishda oldindan davlat boji to‘lovidan ozod etilmaganligi bois ushbu mazmundagi materiallarni sudlarga taqdim etishda birmuncha qiyinchiliklarga duch kelinmoqda.

Shu maqsadda ishlab chiqilgan “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ushbu sohadagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan.

Qonunni qabul qilish orqali kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida, shu jumladan ko‘p kvartirali uylarni saqlash va undan foydalanishda qonunbuzilish holatlarining oldini olishga ko‘maklashishda inspekitsiya ishtirokini yanada kengaytiradi. Shu yo‘l bilan ko‘p kvartirali uylardagi muhandislik-texnik kommunikatsiyalarini va uyning konstruktiv qismlari tayanch qobiliyati va zilzilabardoshliligini saqlab qolish hamda ko‘chmas mulk egalarining xavfsiz yashashiga sharoit yaratib berilishiga va bugungi kunda sohada uchrab turgan ko‘plab muammolar hal etilishiga erishiladi.

Ayni kunlarda mazkur qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qizg‘in muhokama qilinib, takomiliga yetkazilmoqda.

Muhtarama Komilova, O‘zA