Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zboshimcha qurilishlarga qarshi kurashda yangi bosqich
16:00 / 2025-11-09

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan brifingda qayd etilishicha, davlat arxitektura nazorati departamenti tomonidan 333 ta o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootlar aniqlangan.

Shulardan 75 tasiga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan, 258 tasiga nisbatan esa ma’muriy jazo choralari qo‘llanilgan.
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi joriy etilib, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootlarni aniqlash hamda bartaraf etishga oid avtomatlashtirilgan tizim ishlab chiqildi. Ushbu tizim Adliya vazirligining «Notarius», Ichki ishlar vazirligining “E-ma’muriy ish”, Oliy sudning «Adolat», Kadastr agentligining «UzKad» axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan. 

Hozirgi kunda vazirlikning Davlat arxitektura nazorati departamenti hamda tuman va shahar bo‘limlari xodimlari 232 ta maxsus planshetlar bilan ta’minlangan.

Shuningdek, mazkur tuzilmalar xodimlari attestatsiyadan o‘tkazilib, ularga maxsus guvohnomalar topshirilgan.

Sh. Mamaturopova, O‘zA