“Buxoroshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida noqonuniy holatlar aniqlandi.
Buxoro shahar «Ahmad Donish» mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi xonadon egasi fuqaro A.Sh tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlangan. Fuqaro o‘z xonadonida loyihadan tashqari o‘rnatilgan 3 ta tandirda non pishirayotganligi ma’lum bo‘lgan.
Achinarlisi, xonadonga gaz ta’minoti tomonidan bepul o‘rnatilgan zamonaviy elektron hisoblagichga tashqi zarar yetkazilgan. Ya’ni qarzdorlik to‘g‘risidagi SMS xabarga e’tibor qaratmay, qarzdorligini bartaraf etmagan fuqaro elektron gaz hisoblash uskunasining klapan mexanizmini shikastlagan.
Bugun fuqaroning bu o‘zboshimcha xatti-harakati unga katta zarar yetkazdi. 5 million so‘mdan ortiq gaz ta’minoti filialiga moddiy zarar yetkazgani tugul, bepul o‘rnatib berilgan hisoblagichdan samarali foydalanmay kelayotganligi sabab tabiiy gaz tarmog‘idan uzib qo‘yildi. Hisoblagichi esa yaroqsiz holga kelib qoldi.
Zarif Komilov, O‘zA